Mashhur turk taomlari- Turkiyada sevilib istemoq qilinadigan taomlar roʻyhati. Turk oshxonasi asrlar mobaynida Yaqin Sharq, Kichik va O‘rta Osiyo madaniyatlari taʼsirida shakllangan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u o‘zida turli xalqlarning, turli mintaqalarning anʼanalarini aks ettiradi. Turk oshxonasi go‘shtli ovqatlarga boy, ular ichida eng mashhuri, albatta, kabobdir. Turkiyaning turli viloyatlarida kabobning o‘ndan ortiq turlari tayyorlanadi. Ammo turk oshxonasi shirinlik ishqibozlarini ham eʼtiborsiz qoldirmaydi — ular lokum, holva, pahlavadan baxramand bo‘lishlari mumkin. Bulardan tashqari, turk qahvasi va choyi, „simit“ teshik kulchalari va mahalliy pitssa — lahmajun o‘z shinavandalariga ega bo‘lib ulgurgan.

Turk oshxonasining mashhur taomlari tahrir

1. Kunjut sepilgan teshik kulcha odatda nonushta dasturxoniga tortiladi. Simit bilan birga murabbo yoki pishloq tanovul qilishadi. Simitning hajmi, o‘lchovi va taʼmi har bir viloyatda turlichadir. Izmir shahrida uni gevrek deb atashadi. Shuningdek, simit ko‘chalarda sotiladi. Sotuvchilar uni maxsus aravachada yoki boshlarida olib yurishadi.

2. Gyozleme — qiymali non shaklidagi anʼanaviy turk taomlaridan biri. Gyozleme saj deb ataladigan maxsus tovada pishiriladi. Qiyma ismaloq, pishloq, dengiz mahsulotlari, tuxum, qiyma go‘sht va boshqa narsalardan qilinishi mumkin.

3. Lahmajun navbatdagi mashhur sharqona taomdir. Uni arman, turk yoki arab pitssasi deb ham atashadi. Taomni tayyorlash uchun maxsus yupqa non ustiga qiyma go‘sht, pomidor yoki tomat sousi, bulg‘or qalampiri, piyoz, sarimsoq, ko‘katlar, oregano qo‘yiladi. Lahmajun odatda 150-170 gramm og‘irlikka ega bo‘ladi.

4. Mutanjana — quritilgan mevalar va qo‘y go‘shtidan tayyorlanadigan ovqat.

5. Ko‘zachada pishiriladigan krevetkalar.

6. Iskandar kabob — qo‘zi go‘shti, mayda to‘g‘ralgan non bo‘laklari, eritilgan yog‘ va qatiq tomat sousida tayyorlanadi.

7. Adana kabob — qiyma go‘shtdan sixda tayyorlanadi, ustidan o‘tkir qalampir yoki murch sepiladi.

8. Kyofte — turk kotletlari. Turkiyaning har bir viloyatida o‘ziga xos retsept bo‘yicha tayyorlanadi.

9. Ichiga qiyma solingan midiya.

10. Ziravorlar sepilgan kichik kotletlar.

11. Tantuni — go‘sht va pomidordan tayyorlanadigan taom. Tantuni lavashga o‘ralgan holda yoki oddiy non ichida, shuningdek, nonsiz ham isteʼmol qilinishi mumkin. Tabga ko‘ra ko‘katlar va piyoz qo‘shiladi.

12. Menemen — tuxumga pomidor, piyoz, qalampir aralashtirib pishiriladigan nonushta taomi.

13. Burekas — nafaqat Turkiyada, balki boshqa qo‘shni mamlakatlarda ham mashhur pishiriq. Qatlama hamirdan tayyorlanadi.

Havolalar tahrir