Mateo Barać
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 20-iyul 1994-yil (1994-07-20) (29 yosh)
Tavallud joyi Sinj, Xorvatiya
Boʻyi 1.94 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Krylia Sovetov Samara
Raqami 44
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2012 Junak Sinj
2012-2013 Hajduk Split
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013-2014 Junak Sinj 0 (0)
2014 Wohlen 0 (0)
2014—2015 Hrvatski Dragovoljac 3 (0)
2015—2016 Šibenik 24 (3)
2016—2018 Osijek 50 (1)
2018—2021 Rapid Wien 57 (3)
2021—2022 Sochi 10 (0)
2022Krylia Sovetov Samara (Ijara) 6 (1)
2022- Krylia Sovetov Samara 6 (0)
Milliy terma jamoa
2017- Xorvatiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 16-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 12-avgust uchun)

Mateo Barać (talaffuzi: Mateo Barach[1][2])(1994-yil 20-iyulda tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi, himoyachisi ampulasida harakat qiladi. U Rossiya Premer-ligasida Samaraning „Krylia Sovetov“ jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati tahrir

Junak Sinj tahrir

Sinjda tugʻilib oʻsgan Barać yoshlik faoliyatini mahalliy Junak Sinj jamosida boshlagan. 18 yoshida u Hajduk Split yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan, ammo asosiy jamoa tarkibiga kira olmagan.

Šibenik tahrir

Wohlen va Hrvatski Dragovoljac klublaridagi muvaffaqiyatsiz sinov oʻyinlardan soʻng Barach oʻsha paytda Sinjlik hamkasbi Mirko Labrovich murabbiylik qilgan „Shibenik“ jamosiga qoʻshilgan[3].

Osijek tahrir

2016-yilning 1-iyulida Barać nomaʼlum toʻlov evaziga Osijekga qoʻshilgan. Prva Liganing birinchi yarmidagi ajoyib oʻyin unga Xorvatiya A jamoasiga 2017-yilgi Xitoy kubogiga chaqiruv olib kelgan. 2017-yilning 3-avgust kuni Osijek UEFA Yevropa ligasining 2017—18-yilgi mavsumining uchinchi saralash bosqichida Gollandiya grandi PSV Eyndxovenni umumiy 2:0 hisobida magʻlub etgan. Koʻpchilik Barachni tarixiy gʻalabaning asosiy sababchisi deb atagan va oxir-oqibat „Ajax“ unga 2,5 million yevroga teng transfer taklif qilgan. Osijek va Barach rozi boʻlishgan, ammo tibbiy tekshiruvlarda Barachning yuragi bilan bogʻliq muammolar aniqlanganligi tufayli transfer toʻxtatilgan[4].

Rapid Wien tahrir

2018-yilning 12-iyulida u 1 300 000 yevro evaziga Mateo Rapid Wien jamosiga oʻtgan.

Sochi tahrir

2021-yil 19-iyun kuni u erkin agent sifatida Rossiyaning Sochi klubiga oʻtgan[5].

Krylia Sovetov Samara tahrir

2022-yilning 19-fevralida u mavsum oxirigacha sotib olish huquqi bilan Samaraning „Krylia Sovetov“ klubiga ijaraga berilgan[6].

2022-yilning 31-mayida Barach „Krilya Sovetov“ga koʻchib oʻtgan va ikki yillik shartnoma imzolagan[7].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Hrvatski Dragovoljac 2014—15 Druga HNL 3 0 3 0
Šibenik 2015—16 26 3 2 0 28 3
Osijek 2016—17 Prva HNL 24 1 4 0 28 1
2017—18 26 0 1 0 7 0 34 0
Jami 50 1 5 0 7 0 62 1
Rapid Wien 2018—19 Austrian Bundesliga 12 0 4 0 9 0 25 0
2019—20 18 3 2 1 20 4
2020—21 27 0 2 0 6 0 35 0
Jami 57 3 8 1 15 0 0 0 80 4
Rapid Wien II 2020—21 2. Liga 1 0 1 0
Sochi 2021—22 RPL 10 0 0 0 4 0 14 0
Krylia Sovetov Samara (Ijara) 2021—22 RPL 6 1 6 1
Karyerada jami 153 8 15 1 26 0 0 0 194 9

Manbalar tahrir

  1. „Màtej“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Matèo“. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  2. „Bartolòmēj“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Bàrać“. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  3. „FOTO: Na Šubićevcu počelo 'pumpanje' za drugu ligu“. Qaraldi: 2017-yil 12-avgust.
  4. „Barać ne ide u Ajax, vraća se u Osijek“. Qaraldi: 2017-yil 12-avgust.
  5. „Хорватский защитник Матео Барач пополнил состав "Сочи"“ (ru). PFC Sochi (2021-yil 19-iyun).
  6. PFC Krylia Sovetov Samara (2022-yil 19-fevral). „Матео Барач переходит в "Крылья Советов"“ (ru). Press-reliz. Qaraldi: 2022-yil 19-fevral.
  7. „Матео Барач переходит из "Сочи" в "Крылья Советов"“ (ru). PFC Krylia Sovetov Samara (2022-yil 31-may). 2022-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyun.