Matiya Majuranich
Matiya Majuranich (xorvatcha: Matija Mažuranić; 1817-yil 4-fevral, Novi Vinodolski – 1881-yil 17-aprel, Grats) – xorvat yozuvchisi, sayohat hikoyalari muallifi[1]. Xorvat yozuvchisi Ivan Majuranich va tilshunos Anton Majuranichning ukasi. Kasbi temirchi, adabiyotdan tahsil olmagan. U Milliy-ozodlik harakatida faol ishtirok etgan (Illirikizm). Majuranich „Bosniya manzarasi“ nasriy asari („Pogled u Bosnu“/"Pogled na Bosnu", 1842-yil) muallifi.
Matiya Majuranich | |
---|---|
Tavalludi |
4-fevral 1817-yil Novi Vinodolski, Avstriya-Vengriya imperiyasi |
Vafoti |
17-aprel 1881-yil (64 yoshda) Grats, Avstriya |
Ijod qilgan tillari | Xorvat tili |
Yoʻnalish | Romantizm |
Hayoti
tahrirMatiya Majuranich Novi Vinodolskida tugʻilgan. Oʻz ona shahrida temirchilikni oʻrgangan. 1841-yilgacha u tez-tez Bosniya boʻylab sayohat qilgan va Chernogoriya hamda Serbiyada ham boʻlgan.
Matiya Majuranich 1841-yilda vataniga qaytib, temirchilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan. U madaniyat masalalarini oʻrgana boshladi, kitoblar yozdi. 1847-yilda Matiya Majuranich Venaga, 1848-yilda Sarayevoga (Bosniya) tashrif buyurdi. Sarayevodan keyin (aniq sanasi saqlanmagan) Matiya Istanbulga bordi, manbalarga koʻra u Suvayshga yetib kelgan va Misrda boʻlgan.
1852-yilda Matiya yana vataniga qaytib keldi.
1879-yilda u kasal boʻlib qoldi. U tanho, sokin hayot kechira boshladi. Vaqt oʻtishi bilan ruhiy buzilish belgilari paydo boʻla boshladi. 1881-yilda Matiya mashhur psixiatr Richard fon Krafft-Ebingning Grats yaqinidagi Feldxofdagi sanatoriysida davolandi va u yerda 1881-yil 17-aprelda vafot etdi.
Adabiy ijod
tahrirYozuvchi sifatida Matiya Majuranich 1842-yilda Pogled u Bosnu (tarjimasi „Bosniyaga bir qarash“) sayohat romani bilan mashhur boʻldi. Karlovak, Sisak va Kostaynitsadan Belgrad orqali Sarayevoga, Travnikga, Ruminiya orqali Zvornikgacha piyoda va otda sayohat qilib, sayohat kundaliklarini yuritdi[2]. Shuningdek, u romatizmda ham ijod qilgan.
Asarlari
tahrir- Pogled u Bosnu, ili kratak put u onu krajinu, učinjen 1839—40. po jednom domorodcu, Zagreb, 1842
- Izabrana djela, PSHK, b. 32, Zagreb, 1965
Adabiyotlar
tahrir- Fališevac, Dunja; Nemec, Krešimir; Novaković, Darko (2000), Leksikon hrvatskih pisaca (Croatian), Zagreb: Školska knjiga d.d, ISBN 953-0-61107-2
{{citation}}
: CS1 maint: unrecognized language ()
Manbalar
tahrir- ↑ „Краткая литературная энциклопедия. Мажуранич Матия“. 2023-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-aprel.
- ↑ „ЭСБЕ:Мажуранич Матия“. 2023-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-may.