Matlab ut-Tolibin – (Toliblar matlabi) asari XVI-XVII asrlarda Buxoro xonligida oʻz nufuziga ega boʻlgan Joʻyboriy xoʻjalari faoliyatiga bagʻishlangan asarlardan biri hisoblanadi. Muallifi joʻyboriy Abulabbos Muhammad Tolib ibn Tojiddin Hasanxoja al-Husayniy as-Siddiqiy[1]. Asarda Joʻyboriy xojalarining faoliyati, muridlari va xizmatkorlari, bunyod ettirgan imoratlari, mol-u mulklari va Buxoro xonlari va ularning boshqa davlatlar bilan tashqi aloqalari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan. Makur asar muallif tomonidan 1673-yilda yozib tugallangan. Asar qisqacha muqaddima va sakkiz bobdan iborat[2]. Asarning dastlabki boblarini yozishda Badriddin Kashmiriyning asarlaridan foydalanilgan[1]. „Matlab ut-Tolibin“ asarini toʻrtta bobini yozishda muallif boshqa mualliflar asaridan foydalangan. Asarning baʼzi joylarida esa Muhammad Tolib otasi yoki boshqa kishilardan eshitgani asosida yozadi[3]. Asarning Xoja Saʼd haqidagi bobida unga turli hududlarda hukmdor va hokimlardan mingga yaqin maktublar kelgani taʼkidlanadi. Baʼzi maktublar asarda toʻliq keltirilgan. Elchilar orqali maktublar va sovgʻa-salomlar almashilgan. Asarda asosan Boburiy hukmdorlar bilan siyosiy aloqalar toʻgʻrisida maʼlumot keltirilgan. Manbada qayd qilinishicha, birgina Tojiddin Hasanga kelgan maktublar soni oʻn mingtadan oshib ketgan[4]. Muhammad Tolib asarning dastlabki toʻrt bobini yozishda oʻzidan oldingi mualliflar asarlaridan foydalangan. „Matlab ut-tolibin“ asari nafaqat tasavvufiy, balki qimmatli tarixiy manbalardan biri hisoblanadi. 2012-yilda „Matlab ut-tolibin“ asarining ilmiy-tanqidiy nashri chop qilingan boʻlsa, 2016-yilda Buxoro davlat universiteti professori Halim Toʻrayev maʼsul muharrirligida Gʻulom Karimiy va Erkin Mirkomilovlar tomonidan Toshkentda oʻzbek tiligiga oʻgirilib, nashr qilingan[5].

Matlab ut-Tolibin
Muallif(lar) Abulabbos Muhammad Tolib ibn Tojiddin Hasanxoja al-Husayniy as-Siddiqiy
Tarjimon(lar) Gʻulom Karimiy va Erkin Mirkomilov
Til fors
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2016-yil


Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Муҳаммад Толиб 2016, s. 3.
  2. Муҳаммад Толиб 2016, s. 8.
  3. Муҳаммад Толиб 2016, s. 15.
  4. Муҳаммад Толиб 2016, s. 13.
  5. Zamonov 2021, s. 11.

Adabiyotlar tahrir

  • Муҳаммад Толиб. Матлаб ут-толибин. Тошкент: Movarounnahr, 2016 — 384 bet. 
  • Zamonov A, Subhonov F. Buxoro xonligining ashtarxoniy hukmdorlari. Toshkent: Bayoz, 2021 — 136 bet.