Matn
Matn (lotincha: textus — mato; birikma) — maʼlum moddiy tashuvchiga bog‘langan inson fikri; belgilarning umumiy izchil va to‘liq ketma-ketligi.
„Matn“ tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud: immanent (kengaytirilgan, falsafiy qarashlarga yo‘g‘rilgan) va reprezentativ (asosan, xususiy munosabat aks etgan). Immanent yondashuv matnda voqelikka xolis munosabat bildirib, uning ichki tuzilishini uchinchi shaxs tomonidan yoritishga e‘tibor qaratishni nazarda tutadi. Reprezentativ yondoshuv esa, matnni tashqi voqelik haqidagi maʼlumotni taqdim etishning maxsus shakli sifatida ko‘rib chiqishni anglatadi.
Tilshunoslikda „matn“ atamasi keng doirada, jumladan, og‘zaki nutq namunalarida ham qoʻllanadi. Matnni idrok etish matn lingvistikasi va psixolingvistika doirasida o‘rganiladi. I. R. Galperin matn xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tar ekan, unga quyidagicha taʼrif beradi: „Matn bu yozma hujjat shaklida ob’ektivlashtirilgan, turli xil leksik, grammatik va mantiqiy bog‘lanishlar bilan birlashtirilgan bir qator bayonotlardan tashkil topgan, axloqiy xarakter, pragmatik munosabat va shunga mos ravishda adabiy qayta ishlangan maʼlum bir xususiyatga ega bo‘lgan yozma xabardir“[1].
Matn xususiyatlari
tahrirArtikulyatsiya
tahrirMatn, o‘ziga xos tarzda, bir nechta jumlalardan tarkib topadi. Keng yoritilgan, murakkab hajmga ega bo‘lgan bir jumladan iborat yozuvni matn deb atash mumkin emas. Chunki matn bir nechta mustaqil gapga ajralishi mumkin, bunda gap bo‘laklari matnga emas, balki murakkab gapning sintaksis qonunlariga ko‘ra birikadi.
Asosiy qoida - matn ikki yoki undan ortiq jumladan iborat bo‘ladi.
Matnning semantik yaxlitligi
tahrirMatnning semantik yaxlitligi mavjud voqelikdagi bog‘lanish va bog‘liqliklar (ijtimoiy hodisalar, tabiat hodisalari, inson, uning tashqi ko‘rinishi va ichki dunyosi, jonsiz tabiat obyektlari va boshqalar)ni aks ettiradi.
Nutq predmetining birligi gapning mavzusidir. Mavzu esa matnning semantik o‘zagi, uning ixchamlashtirilgan va umumlashtirilgan mazmunidir.
„Matn mazmuni“ tushunchasi nutqning axborot mazmuni kategoriyasi bilan bog‘liq jarayon bo‘lib, faqat matnga xosdir. U o‘quvchiga hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni, ularning barcha sohalardagi ahamiyatini muallifning individual munosabati orqali xabardor qiladi, unga semantik yaxlitlik beradi.
Katta matnda yetakchi mavzu bir qator kichik tarkibiy mavzularga, kichik mavzular esa o‘z navbatida paragraflar (mikro-mavzular)ga bo‘linadi.
Matnda bayon qilinayotgan fikrning to‘liqligi matnning semantik yaxlitligi bilan bog‘liq bo‘lib, to‘liq tugallangan, yaxlit tugal mazmunga ega matn mazmunni to‘liq aks ettiruvchi sarlavhani tanlash orqali amalga oshiriladi.
Shu tariqa matnning semantik yaxlitligidan uning quyidagi xususiyatlari kelib chiqadi:
- Matn — bu maʼlum bir mavzudagi bayonot;
- Matn so‘zlovchining niyatini, asosiy g‘oyasini ifodalab beradi;
- Har qanday hajmdagi matn nisbatan avtonom (to‘liq) bayonotdir;
- Matnda gaplar mantiqiy jihatdan bog‘langan bo‘ladi;
- Matn uchun uning mazmuniga mos sarlavha tanlash mumkin;
- To‘liq matn odatda boshlanish va yakunga ega bo‘ladi.
Matn uslublari va turlari
tahrirMantiqiy boʻlgan minimal matn yozuv deb ataladi. Bundan tashqari, bunday matnni eslatma deb atash mumkin.
funktsional uslublar
tahrir- ilmiy uslub
- So‘zlashuv uslubi
- Badiiy uslub
- Ommabop (publitsistik) uslub
- Rasmiy-idoraviy uslub
Turi
tahrir- Hikoya
- Tasviriy
- Tavsifiy matnlarga bo‘linadi.
Yana qarang
tahrir- Matn fayli
- Freewriting — bu gʻayrioddiy echimlar va gʻoyalarni topishga yordam beradigan matnni tezda shakllantirish texnikasi va usuli.
Manbalar
tahrir- ↑ Гальперин И. Р. О понятии «текст» // Материалы научной конференции «Лингвистика текста».— Т. 1.— М., 1974.— С. 67.
Adabiyot
tahrir- Текст // Литературная энциклопедия терминов и понятий / Под ред. А. Н. Николюкина. — Институт научной информации по общественным наукам РАН[sayt ishlamaydi]: Интелвак, 2001. — Стб. 1063—1064. — 1596 с. — ISBN 5-93264-026-X.
- Гальперин И. Р. Текст как объект лингвистического исследования. — М.: Наука, 1981.
- Каменская О. Л. Текст и коммуникация. — М.: Высшая школа, 1990.
- Топоров В. Н. Пространство и текст // Текст: семантика и структура (Wayback Machine saytida 2022-04-01 sanasida arxivlangan). — М., 1983. — С. 227—284.
- Сорокин Ю. А. Психолингвистические аспекты изучения текста. — М.: Наука, 1985.
- Лукин В. А. Художественный текст: Основы теории и элементы анализа. — М.: Ось-89, 1999.
- Чернявская В.Е. Лингвистика текста: поликодовость, интертекстуальность, интердискурсивность. М.: УРСС. 2009. - ISBN: 978-5-397-00289-9.
- Чернявская В.Е. Лингвистика текста. Лингвистика дискурса. - М.: ЛЕНАНД. 2018. - ISBN: 978-5-9710-4892-3.