Matvei Andreyevich Michkov (talaffuzi: Matvey Andreyevich Michkov) (ruscha: Матвей Андреевич Мичков; 2004-yil 9-dekabrda tugʻilgan) — rossiyalik professional xokkeychi. Matvei Michkov hozirda Kontinental xokkey ligasining (KHL) „SKA Saint Peterburg“ xokkey klubi safida faoliyat olib bormoqda.

Matvei Michkov
Tugʻilgan joyi 9-dekabr 2004-yil (2004-12-09) (19 yosh)
Perm, Rossiya
Boʻyi 5 ft 10 in (178 cm)
Ogʻirligi 159 lb (72 kg; 11 st 5 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
KHL
Sobiq jamoalar
SKA Saint Petersburg
SKA-Neva
Jamoalardagi faoliyat 2021—hozirgacha

Oʻyin faoliyati tahrir

2014-yildayoq Matvei Michkov oʻz yoshi toifasi boʻyicha rekord oʻrnatib, oʻz qobiliyati bilan eʼtiborga tusha boshladi[1]. Matvei Michkov Rossiyaning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar ligasida 26 oʻyinda 109 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi. Matvei Michkov U-20 diviziyonida 56 oʻyinda 56 ochko toʻpladi va Nikita Kucherovning dviziyondagi oldingi eng yuqori ochkolarini ortda qoldirdi[2].

2020-yilda Matvei Michkov Yaroslavlning „Lokomotiv Yaroslavl“ xokkey klubi yoshlar jamoasini tark etib, „SKA Saint Peterburg“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[3]. Matvei Michkov 2020—2021-yilgi mavsumda klub safida 56 oʻyinda maydonga tushib, 56 ochko toʻpladi[4]. Matvei Michkov mavsumda 38 ta gol bilan ligada peshqadamlik qildi[5]. Shuningdek, Matvei Michkov MHLda 16 yoshli oʻsmir xokkeychilarning ochkolari boʻyicha yangi rekord oʻrnatdi[6].

2021-yilda Michkov oʻzining ilk professional oʻyinini Kontinental xokkey ligasining (KHL) „SKA Saint Peterburg“ xokey jamoasi safida oʻtkazdi[7]. Matvei Michkov mavsum davomida SKA klubi va uning kichik filiallarida faoliyat olib bordi[8]. Shundan soʻng, Matvei Michkov „SKA Saint Peterburg“ klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi[9].

Shaxsiy hayoti tahrir

Matvei Michkov Permda tugʻilgan. Bu yerda u 3 yoshidan xokkey bilan shugʻullana boshlagan[10]. Xokkey karyerasini yanada rivojlantirish uchun 2015-yilda Matvei Michkov ota-onasi va akasi bilan Yaroslavldagi "Lokomotiv Yaroslavl" klubining yoshlar dasturiga qoʻshilish uchun Yaroslavl shahriga koʻchib oʻtdi[11].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2020—2021 SKA Varyagi MHL 6 3 1 4 2
2020—2021 SKA-1946 MHL 50 35 17 52 45 5 1 2 3 6
2021—2022 SKA Saint Petersburg KHL 13 3 2 5 0
2021—2022 SKA Varyagi MHL 6 8 5 13 2
2021—2022 SKA-1946 MHL 22 22 16 38 22 17 13 4 17 16
KHL jami 13 3 2 5 0

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Tadbir Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2021-yil Rossiya U18 7 12 4 16 4
2021-yil Rossiya HG18 5 8 5 13 0
Jami 12 20 9 29 4

Manbalar tahrir

  1. Merk. „Russia’s best-kept secret“. IIHF (2020-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  2. Ellis. „Nobody Can Stop 16-Year-Old Phenom Matvei Michkov“. The Hockey Writers. Qaraldi: 2021-yil 7-may.
  3. „СКА заплатит 400 тысяч рублей за 15-летнего Мичкова. Он разорвал контракт с «Локомотивом»“ (Russian). Sports.ru (2020-yil 2-may). Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  4. Ellis. „Matvei Michkov Made the Most of a Big Opportunity“. The Hockey News (2021-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  5. „Мичков выиграл снайперскую гонку сезона, Никулин − бомбардирскую“ (Russian). Youth Hockey League (2021-yil 8-mart). Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  6. „Кучеров, Бучневич, Капризов. Чьи еще достижения побил лучший снайпер сезона Матвей Мичков“ (Russian). Youth Hockey League (2021-yil 9-mart). Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  7. Seren Rosso. „Matvei Michkov: "We play for the fans, and they want to see a show"“. Kontinental Hockey League (2021-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  8. Bukala. „Future Considerations: Why Matvey Michkov is a fascinating draft prospect“. Sportsnet.ca (2022-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  9. „SKA have agreed on a new contract with Matvei Michkov“. SKA Saint Petersburgh (2020-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  10. Seren Rosso. „Matvei Michkov: "We play for the fans, and they want to see a show"“. Kontinental Hockey League (2021-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.
  11. Merk. „Russia’s best-kept secret“. IIHF (2020-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 23-oktyabr.