Maurice Gamelin
Moris Gustav Gamelin (fransuzcha: Maurice Gamelin;1872-yil 20-sentabr[1]—1958-yil 18-aprel) — Fransiya harbiy rahbari, armiya generali (1931-yil 9-fevral), Ikkinchi jahon urushi boshida fransuz armiyasining bosh qoʻmondoni boʻlgan.
Biografiya
tahrirMoris Gustav Gamelin 1872-yil 20-sentabrda Parijda tugʻilgan[2].Gamelinning otasi Zefirin 1859-yilda Solferino jangida qatnashgan. Gamelin yoshligidanoq, Franko-Prussiya urushi oxirida Elzas-Lotaringiyani qoʻshib olgani uchun Germaniyadan qasos olishga intilgan avlodda oʻsib ulgʻaygan askar sifatida salohiyatini namoyon etdi. Gamelin 1891-yil 19-oktabrda ixtiyoriy ravishda Sent-Sirdagi harbiy akademiyaga 31-oktabrda kirishdan oldin xizmat qildi [3]. 1893-yilda u oʻz sinfini birinchi boʻlib tugatdi.
Birinchi jahon urushida u Jozef Joffre qoʻmondonligi ostida xizmat qilgan, brigada va boʻlinmalarni boshqargan, Marnadagi birinchi jangda qatnashgan. Sovet-Polsha urushi paytida, u Polshada harbiy maslahatchi boʻlib ishlagan. 1925-1928-yillarda Suriyadagi fransuz qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan.
1931-1935, 1938-1939-yillarda Bosh shtab boshligʻi boʻlgan.
1933-yildan boshlab u fransuz qurolli kuchlarini modernizatsiya va qayta tashkil etishni amalga oshirgan, shuningdek , Majinot liniyasi qurilishining tugallanishiga rahbarlik qilgan.
10-may kuni Germaniyaning Fransiya, Niderlandiya va Belgiyaga bostirib kirishi boshlanishida Gamelin kutish va koʻrish pozitsiyasini egallagan va bunday muvaffaqiyatsiz buyruq natijasida u oʻz lavozimidan chetlatilgan; 1940-yil 19-mayda uning oʻrnini general Veygand egallagn.
1940-yil sentabr oyida Vichi rejimi davrida u marshal Petain hukumati tashabbusi bilan uchinchi respublikaning boshqa siyosiy va harbiy arboblari bilan birga Riom jarayonida davlatga xiyonat qilganlikda ayblanib hibsga olindi va sudlandi, keyinchalik Germaniyaga deportatsiya qilingan, u yerning konslagerida boʻlgan..
1946-1947-yillarda Gamelin urush haqidagi xotiralarini nashr etgan.
Morise Gustav Gamelin 1958-yil 18-aprelda Parijda vafot etadi.
Adabiyot
tahrir- Zalesskiy K. A. Ikkinchi jahon urushida kim kim edi. SSSR ittifoqchilari. — M.: AST, 2004. — T. 1. — 702 s. — ISBN 5-17-025106-8.
- Gordienko A. N. Ikkinchi jahon urushi qo'mondonlari. T. 1., Mn., 1997. ISBN 985-437-268-5
Manbalar
tahrir- ↑ „Birth certificate of Gamelin, Maurice Gustave“ (fr) (29 September 2020).
- ↑ Alexandr, Martin S.. The Republic in Danger: General Maurice Gamelin and the Politics of French Defence, 1933–1940. Cambridge University Press, 1-noyabr — 13-bet. ISBN 978-0-521-52429-2.
- ↑ Alexander, Martin S.. The Republic in Danger: General Maurice Gamelin and the Politics of French Defence, 1933–1940. Cambridge University Press, 1 November 2003 — 13-bet. ISBN 978-0-521-52429-2. Qaraldi: 2013-yil 26-iyul.