Mavlono Bayzoiy
Mavlono Bayzoiy (15 asr) – hisorlik forsiynavis shoir.
Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Hisordan Mahmud Barlos bilan birga kelganligini, Hirotda xastalanib qolganda “Dor ush-shifo” deb ataluvchi muolaja markazida davolanib, yana Hisorga qaytib ketganligini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Bizan bar sinai man xanjaru afkan sar az tan ham
Dari in xonai torikro bikshovu ravzan ham.
(Mazmuni: Koʻkragimga xanjar urgilu tandin boshni uloqtir,
bu qorongʻu uyning, yaʼni, siynaning eshigini va tuynugini ham och)[1][2]