Mavlono Hamididdin
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mavlono Hamididdin (15-asr oʻrtalari – 1520–21) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir va tasavvuf namoyandasi, Muhammad Tabodgoniyning oʻgʻli va xalifasi. Otasi vafotidan soʻng uning ishlarini davom ettirgan. Xondamirning “Habib us-siyar”da yozishicha, Mavlono Muhammad Tabodgoniy vafotidan keyin Hirotda (Xiyobonda), dafn qilingan joyning janubida Alisher Navoiy bir xonaqoh soldirgan. Mavlono Hamididdin shu xonaqohda toat-ibodat bilan mashgʻul boʻlgan. Uning huzurida darveshlar xilvat, uzlat va samoʻ amallarini ado etishgan. Navoiy uning nomini “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga oladi. Odobi, hayosi va insoniyligiga yuksak baho beradi, ancha yillardan beri zohiriy ilmlar tahsili bilan mashgʻul ekanligini aytadi. Navoiy uning “tabʼi bagʻoyat xub” ekanligini alohida taʼkidlab, quyidagi baytini keltiradi:
Gahe zi xastadilon yod metavon kardan,
Dile, zi bahri Xudo, shod metavon kardan.
(Mazmuni: Goho xasta dillarni yod qilmoq kerak, biror koʻngilni Xudo yoʻlida shod qilmoq kerak)[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |