Mavlono Kalon Ziyoratgohiy
Mavlono Kalon Ziyoratgohiy – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Hirot yaqinidagi Ziyoratgoh mavzeida yashagan. Shayx Shoh Ziyoratgohiy otasining muridi. Unga tasavvuf va sharʼiy bilimlardan saboq bergan. Ushbu shayx haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Alisher Navoiyning oʻzi yozib, kiritgan[1][2].