Mavlono Kavkabiy
Mavlono Kavkabiy (XV-XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning munajjim yigit ekanligini va oʻziga munosib taxallus tanlaganligini aytib, uni koʻrgan-koʻrmaganligini eslay olmasligini yozadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Be ruxash har qatrai xun bar sari mujgon maro,
Mashʼale boshad furuzon dar shabi hijron maro.
(Mazmuni: Uning diydorisiz kiprigim uchidagi har qatra qon hijron kechasining yonib turgan mashʼali boʻlib qoladi)[1][2].
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |