Mavlono Kavsariy (XV asr) - fors-tojik tilida ijod qilgan buxorlik shoir.

Mavlono Kavsariy Buxoriy haqida Hazrat Alisher Navoiyning „Majolisun nafois“ asarida ikkinchi majlisida xabar berilgan: "Mavlono Kavsariy Buxorodindur. Qobiliyatli, xush suhbat, shiringuy va fasih zabon va donishmand kishi erdi. Mavlono kavsariy asrning donishmandi, allomasi edi. U Buxoroda tugʻilib, ona shahridagi madrasalarda taʼlim olgan. Soʻng Hirotga borgan".

Shuningdek, Alisher Navoiy u bilan bog'liq bir voqeani ham keltiradi: kunlarning birida Mavlono Kavsariy kulbasida faqat o'ziga yarasha bir kishilik ovqat tayyorlayotganida eshigidan bir kishi kirib, qozon ostiga o'tin soladi. Shunda Mavlono Kavsariy "Qo'y, ko'mak berma, taomga sherik bo'lishing mumkin" deb mutoyiba qiladi.

Navoiyning yozishicha, qabri Hirotdagi Xiyobon boshida boʻlgan.

Mavlono Kavsariyning quyidagi matlaʼlari mashhurdir:

Dar xayoli pistai xandoni on bodom chashm,

Chashmai xunest chashmai mo ki, dorad nom chashm.

Mazmuni: Ul bodom koʻzlarining xandon pistadek lablari xayolida chashm deb atalgan koʻzlarim kon chashmasi (bulog'i)ga aylandi[1][2][3].

Mavlono Kavsariy Hirotda vafot etgan.

Manbalar

tahrir
  1. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. -T.: 2015. 240.
  2. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  3. Majolis un-nafois.