Mavlono Mashrabiy
Mavlono Mashrabiy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning xush tabʼ yigit ekanligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:
Turki mann, har gah ki jo dar xonaizin kardai,
Xonai zinro chu suratxonai Chin kardai.
(Mazmuni: Ey turk goʻzalim, sen har gal ziynatxonaga kirganingda, uni Xitoy suvratxonasiga aylantirib yuborasan)[1][2].