Mavlono Mehnatiy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi.Alisher Navoiy uning endi tanilayotgan shoir ekanligini, lekin hali oʻzini koʻrmaganligini aytib, quyidagi matlaʼsini keltiradi:

Sahar chu boʻi xud on moh dar niqob girift,

Figʻon zi xalq baromad, ki “oftob girift”.

(Mazmuni: Sahar chogʻi ul oy yuziga niqob tortganida, xalq orasida quyosh tutildi, deya figʻon koʻtariladi)[1][2].

Manbalar tahrir

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.