Mavlono Muzhir (XV asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi.Alisher Navoiy uning xushchaqchaq va hazilkash kishi ekanligini aytib, koʻproq hajviy mazmundagi sheʼrlari va qitʼalari bilan shuhrat qozonganligini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning Mutahhari Udiy nomiga bagʻishlab yozilgan quyidagi qitʼasi keltirilgan:

Mutahhar hast ismi bemusammo,

Naja.o kay mutahhar metavon guft?

Xarash bar xar jahad u zar sitonad,

Bas oʻro kaydii xar metavon guft.

(Mazmuni: Mutahhar – oti bor, oʻzi yoʻq narsadir. Najosatni mutahhar (tozalovchi) deb boʻladimi? Eshagi eshakka chopadiyu, u pul topadi. Demak, uni eshakni aldovchi desa boʻladi)[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.