Mavlono Shamsiddin Muhammad Asad
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mavlono Shamsiddin Muhammad Asad (vaf. 1460) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Shayx Zayniddin Xavofiyning muridi. Shayx Bahouddin Umarning xonaqohida chilla oʻtirgan. Mavlono Faxriddin Luristoniy qoʻlidan tabarruk xirqa kiygan. Mavlono Saʼdiddin Koshgʻariy va Abdurahmon Jomiy bilan hamsuhbat boʻlgan. Hirotning Gozurgohida, Abdulloh Ansoriy qabrining etagida dafn etilgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2][3].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |