Mavlono Sharbatiy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir, naqqosh va xattot. Alisher Navoiy rahnamoligida voyaga yetgan. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga olinadi.

Navoiy uning tarix, sheʼriyat va muammo ilmidan yaxshi xabardorligi, bir risola bitayotgani, agar u tugallansa, ilm ahli uchun koʻp foyda boʻlishi haqida maʼlumot beradi. Mavlono Sharbatiy yoshligida qorilikni ham oʻrgangan. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Junun omad shior-u mehri roʻyi on parizodam,

Mani devona z-on roʻ dar zaboni mardum aftodam.

(Mazmuni: Ul parizod yuzining mehri orqali junun odat boʻldi. Shu tariqa men devona xalqning tilida doston boʻldim)[1][2].

Manbalar tahrir

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.