Mavlono Sogʻariy (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan sogʻarlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning ikkinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning mol-u davlati yetarli, lekin nihoyatda xasis ekanligini aytib, Abdurahmon Jomiyning Makkaga safari bilan bogʻliq bir voqeani keltiradi: Jomiy Makka safariga yoʻl olganida, Mavlono Vaysiy bilan Mavlono Sogʻariy ham unga hamrohlik qilish istagini bildiradilar, lekin keyinroq Vaysiy eshagi yoʻqligini, Mavlono Sogʻariy esa yana bir boshqa bahona bilan safardan qoladilar.

Amir Shayxim Suhayliy ushbu munosabat bilan quyidagi qitʼani aytadi va u xalq orasida mashhur boʻlib ketadi:

Vaysi-yu Sogʻariy ba azmi haram,

Gashta budand har dushon safari,

Lek az on roh har du vo mondand,

On yak az be xari-yu in zi xari.

(Mazmuni: Vaysiy bilan Sogʻariy Haram (Makka)ga safar qil­moq­­chi boʻldilar. Lekin ularning biri eshagi yoʻqligidan, ikkinchisi eshakligidan yoʻldan qoldilar).

Alisher Navoiy “Xamsatul mutahayyirin” asarida ham Jomiyning Mavlono Sogʻariy bilan qilgan hazil-mutoyibalaridan baʼzilarini keltirib oʻtadi. “Majolis un-nafois”da uning quyi­dagi bayti keltirilgan:

Chashmi durbori man-u abri bahor ast yake,

Nolayi zori man-u savti hazor ast yake.

(Mazmuni: Mening koʻzim inju­lari­ ­(yosh­lari) bilan bahor buluti oʻxshash. Mening nola-yu zorim bilan bulbul navosi oʻxshash)[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.