Mavlono Zamoniy
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mavlono Zamoniy (XV XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir, Mavlono Muhammad Omiliyning oʻgʻli. Nomi “Majolis un-nafois”ning[1] uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning dastlab “Vafoiy” taxallusi bilan ijod qilganligi, keyinroq Navoiyning iltimosi bilan oʻz taxallusini “Zamoniy”, deb oʻzgartirganligi haqida maʼlumot berib, buning ikki sababi bor, deydi: 1) Mavlono Zamoniy Badiuzzamon Mirzoning mulozimi boʻlgan, bu taxallus Mirzoning ismidagi “zamon” soʻziga aloqador; 2) Ahmad Hojibek “Vafoiy” taxallusi bilan shuhrat qozongan va devon ham tuzgan. Navoiyning fikricha, oʻzidan ulugʻ kishining taxallusiga sababsiz sherik boʻlish munosib ish emas. “Majolis un-nafois”da Mavlono Zamoniyning Navoiy tomonidan “yaxshi voqeʼ boʻlubtur”[2] deb baholangan quyidagi bayti keltirilgan:
Ba obi dida hargiz kam nashud soʻzi dili zoram,
Magar az xok taskin yobad on otashki, man doram.
(Mazmuni: Zor koʻngilning yonishi hech qachon koʻz yosh bilan kamaymaydi.
Mendagi bu oʻt faqat tuproqdan taskin topishi mumkin).
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |