Mavludaxon Xodjayeva
Mavludaxon Islomovna Xoʻjaeva (tugʻ. 1962-yil 4-oktyabr, Oʻzbekiston tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR, SSSR) — oʻzbek pediatri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi III va IV chaqiriqlari deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.
Mavludaxon Xoʻjaeva | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
4-oktyabr 1962-yil Oʻzbekiston tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi |
Taʼlim | Toshkent tibbiyot pediatriya instituti |
Kasbi | pediatr |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirMavludaxon Xoʻjaeva 1962-yil 4-oktyabrda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 1985-yilda Oʻrta Osiyo tibbiyot pediatriya institutini (hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti) pediatr mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.[1]
1985-1989-yillarda Qoʻqon shahar bolalar kasalxonasida pediatr, soʻngra Qoʻqon shahar chaqaloqlar uyida, keyinchalik bosh vrach boʻlib ishlagan.
Mavludaxon Xoʻjaeva 2000-yildan 2004-yilgacha Qoʻqon shahar hokimining oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha oʻrinbosari, 2004-2014-yillarda esa Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
2015-yilda III chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi[2], shuningdek, mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. 2018-yilda ushbu qoʻmita raisi etib saylandi.
2018-yildan beri ixtiyoriy asosda Liberal-demokratik partiyaning Ayollar boʻyicha siyosiy kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari sifatida ishlaydi.
2020-yilda IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylangan.
Mukofotlar
tahrir2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
- ↑ „Избраны председатели комитетов нижней палаты парламента“ (ru). elections.uz. 2021-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
- ↑ „Руководство“. O'zLiDeP. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.