Oʻrxon Sirojiddinovich Maxmudov (1927.16.9, Toshkent) — infeksionist-pediatr, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), tibbiyot fanlari doktori (1966), professor (1968). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach (1948), Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tuman kasalxonasida ordinator va bosh vrach (1948—51), xdrbiy vrach (1951—56), Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalar infeksion kasalliklari kafedrasining klinik ordinatori (1956—57), assistenti (1957—63), dotsenti (1963—67), professor (1968), mudiri (1969-72), ayni vaqtda ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1968—71), rektori (1984—87). 1972-yildan Oʻrta Osiyo (hozirgi Toshkent) Tibbiyot pediatriya institutining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, bolalar infeksion kasalliklari kafedrasi mudiri. Oʻzbekiston Pediatriya ilmiy tadqiqot instituta direktori (1976—83; 1990—97), Pediatriya ilmiy tadqiqot instituta bolalar ichak infeksiyasi boʻlimi rahbari (1997-yildan). UzR Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari (1983). Asosiy ilmiy ishlari bolalarda uchraydigan infeksion kasalliklar, ularning davosi va oldini olishga oid. M. Oʻzbekistonning issiq iqlimida bolalarda uchraydigan ich terlama (qorin tifi) va paratif kasalliklarining alohida belgilarini oʻrganib, amaliyotga regidratsiya terapiyasining ratsional sxemasini tatbiq etdi. Idarajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2002). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1996).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil