Maxset Oʻtemuratov

Musiqachi, Artist

Maxset Oʻtemuratov (qoraqalpoqcha: Maxset O'temuratov) — qoraqalpogʻistonlik estrada[1] xonandasi[2]. „Nihol“ davlat mukofoti sovrindori (2001-yilda)[1]. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻlgan[3]. Hozirda, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist[4] va Qoraqalpogʻiston xalq artisti[5].

Maxset
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Maxset Oʻtemuratov
14-iyun 1978-yil (1978-06-14) (45 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Kasbi Artist, Musiqachi
Janr pop musiqa
Faoliyat yillari 1996—hozirgacha

2020-yilda Nukus shahridagi Prezident maktabiga mahorat darslarini oʻtishga biriktirilgan[5]. Shu yilning oʻzida, Ozodbek Nazarbekovning „Mendirman“ qoʻshigʻiga ishlangan klipda Chingizxon rolini ijro etgan[2].

Hayoti tahrir

Maxset Keulimjaevich Oʻtemuratov 1978-yil 14-iyunda Nukus tumani Aqmang‘it qishlog‘ida oddiy oilada tug‘ilgan.

Otasi: Utemuratov Keulimzhai - 1940-yil 21-mart

Onasi: Utemuratova Oqsulu - 1946-yil 8-mart

1985-yilda Frunze nomidagi 1-o‘rta maktabga, 1890-yildan Berdaq nomidagi 21-o‘rta maktabda o‘qishni davom ettirib, 1995-yilda uni muvaffaqiyatli tamomladi.

1996-yilda Ajiniyoz nomidagi Nukus pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakultetiga o‘qishga kirdi.

1996-1997 yillarda "Turan" KVN jamoasi rahbari etib saylangan. Shu yillardan boshlab uning ijodi boshlanadi.

1996-yilda marhum Zamira Xo‘janazarova xotirasiga bag‘ishlangan musobaqada faxrli 3-o‘rinni egalladi. Faxriy ustozlar e’tiborini qozonish katta sahnaga chiqadi.

1999-yilda universitetni muvaffaqiyatli tamomlab, iqtidorli bolalar bilan ishlash bo‘limi metodisti lavozimida ish boshladi.

2000-yilda Qoraqalpog‘iston tarixida ilk bor “Turon” jamoasi “Quvnoqlar va ziyraklar” musobaqasining Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, oltin kubokni qo‘lga kiritdi.

Maxset Oʻtemuratov Qoraqalpog‘iston Jo‘qori Kengashining diplomi bilan taqdirlandi.

Diskografiya tahrir

No'mi Yillari
1 Kel Gulim 01.11.2019
2 Bir so'z 05.06.2019
3 Biri sensen biri men 07.08.2019
4 Kel bag'larima 02.10.2018
5 Gulimsen 09.11.2019
6 Ulken Uy 02.04.2019
7 Gulim 08.06.2022
8 Yar yar 14.02.2022

Manbalar tahrir