Maxsudiylar, mexsudiylar (pushtucha: محسود), Masidlar — pushtun qabilalarining eng yiriklaridan biri[1]. Ular Karlaniy (Karrani) qabilalar ittifoqi tarkibiga kiradi[2].

Maxsudiylar Vaziristonning (Shimoli-gʻarbiy Pokiston) janubiy, togʻli va kahosil hududlarida istiqomat qiladi. Ular dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Ular Islomning sunniy mazhabida. Ular qabila tuzumi, matriarxat qoldiqlari, qabila boshliqlari ishtirokidagi kengashlar va hokazolarni qatʼiyat bilan saqlab kelmoqda. Maxsudiylar Pokistonning shimoli-gʻarbiy chegarasidagi eng murosasiz, bundan tashqari, eng yaxshi qurollangan mahalliy qabila hisoblanadi[1]. Ular vazirlar bilan birga Janubiy Vaziristonning eng muhim qabilalari hisoblanadi[3].

Inglizlarning 1852-yildan boshlab olib borilgan uzoq va uzluksiz istilo va jazolash safarlariga qaramay, maxsudiylar mustamlaka qulligiga qarshilik koʻrsatishdada juda faol edilar. Maxsudiylarning yetakchi Xoniya Xel boshchiligidagi 1937-yil mobaynida davom etgan qoʻzgʻoloni koʻplab mustamlakachilarning katta qoʻshini, eng yangi harbiy texnikakari va samolyotlarini jalb qildi. Shu bilan birga, qabilaning butunlay boʻysundirish imkoni boʻlmadi[1]. 1939-yilga kelib Vaziristonda vaziyat barqarorlashdi, ammo turli koʻrinishdagi zoʻravonliklar 1947-yilgacha davom etdi. Inglizlar hech qachon bu hudud ustidan toʻliq nazorat oʻrnata olmadi[4].

Britaniya Hindistoni ikkiga boʻlinib, Pokiston tashkil topgandan soʻng Vaziriston federal boshqaruvidagi qabilalar hududiga qoʻshildi. 1947-yil dekabr oyida oʻtkazilgan „Kerzon“ harbiy amaliyoti chogʻida Pokiston qoʻshinlarini qabilalar hududidan olib chiqishga qaror qilindi. Mustaqillik davrida mintaqada sezilarli ijtimoiy, iqtisodiy va demografik oʻzgarishlar roʻy berdi. Koʻplab maxsudiylar zamonaviy Pokiston jamiyatiga qoʻshilib ketdi. Ular harbiy sohalarda faoliyat yuritadi, muntazam armiyada xizmat qiladi, davlat idoralarida ishlaydi, mamlakat boʻylab tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi[5].

Janubiy Vaziriston Tahrik-i Tolibon Pokiston (TTP) vataniga aylandi, bu yerda Maxsudiy qabila vakillari yetakchi oʻrin tutadi. Anʼanaga koʻra, ularga dushmanona kayfiyatda boʻlgan vazirlar bu guruhga qarshi Pokiston hukumati bilan hamkorlik qila boshladi. Pokiston harbiylari 2009-yil oktabrgacha TPPga qarshi hech qanday maxsus choralar koʻrmay keldi[3]. Oʻshanda, hukumat qoʻshinlarining olgʻa harakati natijasida guruh yetakchilari mintaqani tark etishga majbur boʻldi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 БСЭ & 1926—1947.
  2. Расы и народы. Наука, 1986 — 120-bet. 
  3. 3,0 3,1 Bergen B., Tiedemann K. 2013.
  4. Yousaf F.. Pakistan, Regional Security and Conflict Resolution: The Pashtun ʻTribal’ Areas. Routledge, 2020 — 62-bet. ISBN 9781000209693. 
  5. Verma B.. Indian Defence Review: Oct-dec 2009. Lancer Publishers, 2010 — 122-bet. ISBN 9788170621737. 

Adabiyotlar

tahrir