Marie Curie: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Faqatgina, boʻlib oʻtgan qiziqarli voqea qoʻshdim.
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 2:
 
'''Maria Salomea Skłodowska Curie''' ({{talaffuz|Mariya Salomea Sklodovskaya-Kyuri}}) (1867.7.11, Varshava — 1934.4.7, Sansbbvelmo, Parij yaqinidagi So shahrida dafn etilgan) — [[fransuz]] va [[polyak]] fizigi va kimyogari. Radioaktivlik haqidagi taʼlimot asoschilaridan biri. Parij tibbiyot akademiyasi aʼzosi (1922-yildan). Polyak oʻqituvchisi oilasida tugʻilgan. Parij universitetini tugatgan (1894). 1895-yilda P. Kyurip turmushga chiqqan va Industrial fizika va kimyo maktabidagi uning laboratoriyasida ishlagan. 1897-yildan P. Kyuri bilan birgalikda A.K.Bekkerel ochgan (1896) uran tuzlarining nurlanishi ustida tadkiqotlar olib borgan va bu hodisaga "radioaktivlik" deb nom bergan. P. Kyuri bilan birgalikda poloniy va radiyni ochgan (1898). U radiyning metall namunasini olgan (1910; fransuz kimyogari A. Debyern bilan hamkorlikda) va uning xossasini oʻrgangan. Radioaktivlikning oʻlchash usullarini ishlab chiqqan. Uning bevosita ishtirokida Parij radiy instituti va Varshava radiy instituti tashkil etilgan (1914). 1923-yildan S.K. uning faxriy direktori. S.K. 2 marta Nobel mukofoti laureati (1903, fizika boʻyicha, P. Kyuri va A. Bekkerel bilan hamkorlikda; 1911, kimyo boʻyicha).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
<ref>Bu AKTni o'zgartirish kerak</ref>1921-yil may kunlarining birida [[Vashington (shahar)|Vashingtonda]]<nowiki/>odatdan tashqari tantana bo'lib oʻtdi.AQSH fuqarolari nomidan mamlakat prezidenti Gardining radiyning birinchi ixtirochisi [[Mariya Kyuri|Mariya Sklodoskaya-Kyuriga]] ushbu qimmatbaho metalning bir gramini tortiq qildi.
 
Kechqurun, tantanali marosim arafasida, Amerikada oʻz tashabbusi bilan "Radiy fondi" tashkil qilgan ''Meloni xonim'' hadyanoma matnini Kyuri xoninga koʻrsatib, u bilan kelishib olmoqchi boʻldi.Mariya matnni diqqat bilan oʻqib chiqdi va qat'iyan shunday dedi: -'''Bu hujjatni oʻzgartirish kerak.Amerika menga hadya qilayotgan radiy abadulabad fanga mansub boʻlishi lozim.Men hayot ekanman,undan tashqari ilmiy ishlar yoʻlida foydalanaman.Agar akt shu holicha qoladiga boʻlsa, menga sovgʻa qiladigan bu radiy mening vafotimdan keyin xususiy shaxslarning, yaʼni qizlarimning merosiga aylanadi. Bunga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.Men uni oʻz tajribaxonamga sovgʻa qilishni istayman.Advokat chaqirish mumkinmi?'''
 
'''-Mumkin... albatta! - deya javob qildi Meloni xonin biroz dovdiragancha. -Hamonki siz shuni istar ekansiz, biz bu rasmiyatchiliklar bilan kelgusi haftada shugʻullanamiz.'''
 
'''-Yoʻq, kelgusi haftada ham emas, ertaga ham emas, bugun kechqurun shugʻullanish kerak. Hadya hujjati darhol kuchga kiradi, men esa bir necha soatdan keyin oʻlib qolishim mumkin.'''
 
Vaqt kech boʻlib qolgan edi, katta qiyinchilik bilan huquqshunos topib kelindi. U hadyanoma matnini oʻzgartirdi, shundan soʻnggina Mariya Sklodoskaya-Kyuri unga qoʻl qoʻyib berdi.
 
== Manbalar ==