Imom al-Buxoriy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
78.171.160.139 (munozara) tomonidan qilingan 3738443-sonli tahrir qaytarildi
Teg: Bekor qilindi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 17:
'''Buxoriy''', '''Imom al-Buxoriy''' (asl ismi '''Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy''') (810.21.7, [[Buxoro]] — 870.31.8, [[Samarqand]] yaqinidagi Hartang qishlogʻi) — [[islom]] olamining yirik mutafakkiri. [[Muhaddis|Muhaddislar]] imomi, [[hadis]] ilmining sultoni deb ham yuritiladi.
 
Otasi Ismoil oʻz davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri boʻlib, tijorat ishlari bilan shugʻullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, [[Muhammad|Muhammadning]] hadislarini oʻrganishga va yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibndiibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin oʻz yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan boʻlishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi.
Yeeuwu
 
Buxoriy 16 yoshga yetguncha, oʻz yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, [[Arab xalifaligi|xalifalikning]] turli viloyatlari tomon yoʻl oladi. 825-yil Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan [[Makka|Makkaga]] kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, oʻzi Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan olimlarning ilmiy yigʻinida qatnashadi. 827-yil [[Madina (shahar)|Madinaga]] boradi. Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan muloqotda boʻlib, ulardan hadislar boʻyicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning [[Sahobalar|sahobalari]], sahobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammadning hadislarini toʻplash turli shahar va mamlakatlarga borishni taqozo qilar edi.