Oʻzbekiston tarixi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Mirishkorlik (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 6:
[[Oʻzbekiston]]da yuqori [[paleolit]] yodgorliklari — Koʻlbuloq, Tuyaboʻgʻiz, Siyobcha, Takalisoy, Xoʻjamazgil, Achchisoy va Sari Ark kabi oʻnlab yarim yertoʻla turar joy qoldiqlari topilib tadqiq etildi. Ulardan tosh qirgʻichlar, keskichlar, pichoqsimon tosh qurollar, tosh yoʻngichlar, suyakdan yasalgan igna, bigiz, sanchqi hamda kulon, tuya, bugʻu va toʻngʻiz suyaklari qayd etiladi.
 
Oʻzbekistonda — [[Surxondaryo viloyati|Surxondaryo]] ([[Teshiktosh gʻori]]), [[Samarqand viloyati|Samarqand]] ([[OmonqoʻtonOmonqoʻtoq gʻori]], [[Qoʻtirbuloq makoni|Qoʻtirbuloq makoni]], Zirabuloq, [[Xoʻjamazgil makoni]]), [[Toshkent viloyati]] ([[Obirahmat gʻori]], [[Koʻlbuloq makoni]], [[Xoʻjakent makoni]], Paltov), [[Fargʻona vodiysi]] (Qalʼacha makonlari, [[Soʻx (daryo)|Soʻx]] daryosidagi [[makon (arxeologiya)|makon]]lar), [[Navoiy viloyati]] ([[Uchtut chaqmoqtosh konlari|Uchtut]])da Mustye madaniyati yodgorliklari topilgan va tekshirilgan. Hozirgi vaqtda Oʻrta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90 dan ortiq joyda uchratilgan.
 
Oʻzbekiston hududida [[mezolit]] davriga oid eng qadimgi yodgorlik [[Qoʻshilish]] boʻlib, u miloddan avvalgi 10 ming yillik bilan davrlanadi. Undan mikrolit qurollar, paykon va uchburchak shakldagi qurollar, qoʻlga oʻrgatilgan tur (buqa yoki sigir) suyagi topilgan. Bu esa M. davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi. Respublikamizda mezolitga oid koʻplab yodgorliklardan Fargʻona vodiysining Soʻx tumanidagi Obishir I va Obishir V manzilgohlari (qarang [[Obishir madaniyati]]), [[Surxondaryo]]ning [[Boysun tumani]]dagi [[Machay gʻori]] kabilarni koʻrsatish mumkin. Oʻzbekiston hududida mezolit davriga oid eng qadimgi yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10 ming yillik bilan davrlanadi. Mezolit davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi.