Odam: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ortiqcha chiziqlar olib tashlandi
Teglar: manba olib tashlandi Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 67:
Embrional rivojlanishi. Ota va ona jinsiy qujayralarning qoʻshilishi, yaʼni otalanishdan keyin hosil boʻlgan zigota 2 jinsning belgilariga ega boʻladi. Zigota boʻlinishga kirishishi bilan embrional rivojlanish boshlanadi. Urugʻlanishdan soʻng 6 kun oʻtgach, murtak bachadon boʻshligʻiga oʻtib, uning shilliq pardasiga oʻrnashib oladi. Embrion pardasi va bachadon devoridan yoʻldosh shakllanadi. Embrion kindik orqali yoʻldosh bilan tutashgan boʻladi. Yoʻldosh orqali ona organizmi bilan embrion oʻrtasida moddalar va gazlar almashinuvi sodir boʻlib turadi. Odamning ona qornida rivojlanishi oʻrtacha 280 kun, yaʼni 9 oydan koʻproq davom etib, bola tugʻilishi bilan tugallanadi. Shu davrning dastlabki 8 haftasi murtaklik (embrion) davri, krlgan qismi xrmila davri deyiladi (qarang [[Homiladorlik]]). Embrionlik davrida murtak pardalari hosil boʻladi, yoʻldosh shakllana boshlaydi, boʻlgʻuv-si homilaning toʻqimalari va organlari shakllanadi; hatto ulardan ayrimlari ishlay boshlaydi (1-oy oxirida embrion yuragi ishga tushadi). Embrion boʻyi 2 mm ga yetganida uning oʻq organi — xordasi va nerv sistemasining asosi boʻlgan nerv nayi yuzaga keladi. Bir vaqtning oʻzida embrion varaklari ham shakllanib, ektodermadan nerv sistemasi, sezgi organlari, teri epi-teliysi, ogiz boʻshligʻi va orqa ichak epiteliysi; mezodermadan yurak, kon tomirlari, skelet, muskullar, ayirish va jinsiy organlar; endodermadan ovqat hazm qilish sistemasi, hazm bezlari, nafas organlari hosil boʻladi. Rivojlanishning 5-haftasidan boshlab qoʻl va oyoq, 7-haftada barmoqlar shakllana boshlaydi, 8-haftada embrion tashki koʻrinishdan Odamga oʻxshaydi; bu davrda uning boʻyi 4 sm, ogʻirligi 4—5 g boʻladi. 9-haftada embrion organlarining shakllanishi tugallanadi. Shu davrdan boshlab embrionlik davri tugallanib, homila davri boshlanadi. Homila tugʻilgandan soʻng Odam chaqaloqlik, goʻdaklik, bolalik, oʻspirinlik, yetuklik, qarilik, keksalik davrlarini oʻtadi. Bolalik davrining uzoq davom etishi, jinsiy balogʻatga yetish davrida boʻyiga oʻsishning tezlashuvi odam individual rivojlanishiga xos xususiyat hisoblanadi. Bolalik davrining Odam umriga nisbati 1:5 ga teng boʻladi. Odamda jinsiy dimorfizm gavdaning umumiy oʻlchami va ayrim qismlari proporsiyasida (ayollarda chanoqning, erkaklarda yelkaning kengligi), gavda ayrim qismlarining rivojlanishi (ayollarda teri osti yogʻ qavatining, erkaklarda skelet va muskullarning yaxshi rivojlanganligi hamda muskul tolalari va yogʻ hujayralarining yirik boʻlishi)da namoyon boʻladi.
 
3
== Adabiyot ==
* Alekseyev V. P., Stanovleniye chelovechestva, M., 1984; Mavlonov Odam, Biologiya, T., 2003; Ahme do v N., Sodiqo-va Sh., Normal anatomiya, normal fiziologiya, T., 2003.
 
Karim Almatov, Ochil Mavlonov, Baxtiyor Toʻrayev, Muhsim Valixonov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
== Manbalar ==