'''Shodmulk begim''' — (? 1411) [[temuriylar|temuriy]] malikalardan. [[Xalil Sulton]]ning xotini. [[Sharafuddin Ali Yazdiy]]ning yozishicha, Shodmulk begim [[Samarqand]]da oddiy [[hunarmand]] [[oila]]sida tugʻilgan. Xalil Sulton Shodmulk begimni sevib qolib, oʻz zamonasi taomiliga zid ravishda unga uylangan. Sohibqiron vafotidan soʻng taxtga chiqqan Xalil Sultonning [[saltanat]]ni boshqarishida Shodmulk begim faol qatnashgan. Shodmulk begimning [[xazina]] va saltanat ishlaridagi faoliyati ayniqsa noxush oqibatlarga olib kelgan. Shodmulk begimning [[iroda]]si bilan ayrim noloyiq kishilar yuqori lavozimlarga tayinlangan. Shodmulk begim [[Sohibqiron]]ning barcha [[beva]]lari va [[kanizak]]larini harbiy boshliqlar va amaldorlarga inʼom qilishga Xalil Sultonni koʻndiradi. 1411-yil Xalil Sulton vafot etgach, eridan soʻng yashashni istamagan Shodmulk begim [[zaharlar|zahar]] ichib oʻlgan.
[[Fayl:Shodmulk Xotun.png|thumb|Shodmulk Xotun]]
'''''Shodmulk Xotun''' — (1384/94 - 1411) [[temuriylar|temuriy]] malikalardan. [[Xalil Sulton]]ning xotini. Aslzodalar avlodidan bo'lmagani bois, rasman "Begim" maqomi berilmagan, "Shodmulk Xotun" sifatida murojaat qilingan. Turmush o'rtog'i taxtga o'tirgandanda keyingina shartli ravishda "Begim" sifatida ham murojaat qilingan. Temuriy malikalar orasida ko'pincha salbiy obraz sifatida qaraladi.''
Ad. Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T" 1995. {{OʻzME}}▼
== Shodmulk Xotun: Xalil Sulton Mirzoning mahbubasi ==
Shodmulk Xotun hikoyasi 14—15-asrlarda Temuriylar saltanatining muhim markazi boʻlgan [[Samarqand]] shahrida sodir boʻlgan. Bu tarixiy voqea Shodmulk Xotunning g‘ayrioddiy hayoti va uning atrofida kechgan dramatik voqealarga oydinlik kiritadi.
{{OʻzME}}
== Erta hayot va birinchi qarashda sevgi ==
Shodmulk Xotun boy tarix va madaniy merosga ega qadimiy shahar Samarqandning quyi tabaqasida - hunarmand oilasida tug‘ilgan. Biroq Samarqand chekkasidagi bog‘ ko‘chasidan o‘tib ketayotgan [[Amir Temur]]<nowiki/>ning suyukli nabirasi Xalil Sulton Mirzoning qalbini zabt etishi uning hayotida kutilmagan burilish yasaydi. Amir Temurning o'g'li [[Mironshoh|Mironshoh mirzo]] hamda Xorazm malikasi [[Xonzoda begim|Xonzoda]] Sulton Begimning o'g'li - Xalil Sulton Mirzo, saroy urf-odatlariga binoan allaqachon zodagonlarning qiziga uylantirilgan va o‘g‘il farzandli bo‘lgan edi. Bunga qaramay, Shodmulkka bo‘lgan muhabbati uni o‘z davrining urf-odatlarini buzgan holda, dadil va noan’anaviy tarzda to'y qilishga undadi. 1404-yil U Shodmulk Xotunga uylanadi.
== An'ananing buzilishi va Amir Temurning kechirimliligi ==
Temuriylar saltanatining asoschisi - Amir Temur dastlab bu “teng bo‘lmagan” nikohga qarshi chiqdi. Biroq Xalil Sulton Mirzoning qaysar qat’iyati g‘alaba qozonib, shahzoda bobosining noroziligiga qaramay, Shodmulkka uylanadi. Amir Temurning nabirasiga bo‘lgan ishonchi tufayli g‘azabi asta-sekin soviydi va Shodmulk Xotunni xonzoda malikalarga beriladigan maqom - "Begim" sifatida ko'rmasa-da, kelin sifatida qabul qiladi.
== Hukumat tepasiga o'tirish ==
1405-yil martida Amir Temur vafotidan keyin Samarqand taxtiga Xalil Sulton Mirzo oʻtirdi. Xalil Sulton Mirzo hukmronligi uning saltanatning ichki va tashqi ishlarini yaxshilashga intilishi bilan ajralib turadi. Biroq uning rafiqasi Shodmulk begim davlatni boshqarishda aralashganini ayrim guruhlarning noroziligiga sabab bo‘lgan.
== Shodmulk Xotunning boshqa Temuriy malikalarga hujumi ==
U Xalil Sulton Mirzoga Amir Temurning bevalari va maxsus kanizaklarini lashkarboshilar va amaldorlar o‘rtasida taqsimlashni maslahat beradi va ko‘ndiradi. Bu harakat tartibsizliklarni keltirib chiqardi va baxtsiz oqibatlarga olib keldi. Jumladan, ayrim manbaalarda, bunday voqealarga chidolmagan Amir Temurning suyukli ayollaridan biri bo'lgan [[Tuman ogʻo begim|Tuman Oqa Begi]]<nowiki/>ga ham beklardan biriga o'z ixtiyoriga qarshi turmushga berib yuboriladi. Ibn Arabshohning yozishicha esa, Temuriylar xonadoni va butun Temuriy davlatida yuqori o'bro'ga va katta siyosiy ta'sirga ega [[Saroymulkxonim]] Shodmulk Xotunning maxfiy buyrug'iga binoan zaharlab o'ldiriladi.
== Xalil Sulton Mirzoning asirga olinishi va xorlanishi ==
1409-yil bahorida Xalil Sulton Mirzo qator qiyinchiliklarga duch keldi, jumladan shimolda amir Xudaydod boshchiligidagi qoʻzgʻolon ko'tariladi. U oʻzining asosiy qoʻshinini Shahrisabzda qoldirib, Amir Xudaydodga nisbatan kichikroq qoʻshin bilan toʻqnash kealdi. Achinarlisi shundaki, 1409-yilning 30-martida Xalil Sulton Mirzo amir Xudaydod tomonidan asirga olinadi, Samarqandga olib ketiladi, keyinroq Farg‘onaga ko‘chiriladi. Uning rafiqasi Shodmulk xotun [[Shohrux Mirzo]] qo‘liga topshiriladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Shodmulk Xotun Amir Temurning bevalariga ko'rsatgan zug'umiga jazo tariqasida tutqunlik davrida xorlanadi.
== Shartnoma va Xalil Sulton Mirzoning vafoti ==
Oxir-oqibat Shayx Nuriddin vositachiligida Shohrux Mirzo bilan Xalil Sulton Mirzo o‘rtasida kelishuv tuziladi. Shartnomaga ko‘ra Xalil Sulton Mirzo Movarounnahr ustidan hukmronligidan voz kechib, Ray viloyatiga hokim etib tayinlanadi. Shodmulk xotun asirlikdan qo'yib yuborilib, uning oldiga jo'natiladi.
Xalil Sulton Mirzo 1411-yil 4-noyabrda Ray shahrida kasal boʻlib vafot etadi. Baʼzi maʼlumotlarda uning o'limiga sabab zaharlanish bo'lgan deyiladi. Temuriylar mamlakatidagi yagona qo'llab-quvvatlovchisi - erining o‘limidan so'ng, hukmronlik davrida orttirgan behisob dushmanlar hujumidan qo'rqib, himoyasi qolgan Shodmulk xotun 1411 yilning oxirida zahar ichib olamdan o‘tadi.
== Manbaa ==
Fayziyev T., Temuriy malikalar, T" 1994.
▲Fayziyev T., Temuriylar shajarasi, T" 1995.{{OʻzME}}
[[Turkum:Kishilar]]
|