Salim I Yovuz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Qoʻlda qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 15:
| partiya =
| nikohda =
[[Oysha HafizaHafsa Sulton]]<br />[[Oysha Hotun]]<br />[[Shirin Hotun]]<br />[[Nilufar Hotun]]
}}
'''Salim I Yovuz''' ({{lang-tr|I. Selim}}; [[10-oktabr]], [[1470]] — [[22-sentabr]], [[1520]]<ref>{{kitob manbasi|editor1-last= Byfeld|editor1-first= Ted|title= A Century of Giants. A.D. 1500 to 1600: in an age of spiritual genius, western Christendom shatters|url= https://archive.org/details/centuryofgiantsa0000unse|year= 2010|publisher= The Society to Explore and Record Christian History|isbn= 978-0-9689873-9-1|page= [https://archive.org/details/centuryofgiantsa0000unse/page/9 9]}}</ref>) — [[Usmonli turk imperiyasi]] sultoni Sulton [[Boyazid II]]ning oʻgʻli. [[1512-yil]]ning qishida [[yanicharlar]] yordamida otasidan taxtni tortib olgan. Salimning buyrugʻiga muvofiq, uning aka-ukalari, jiyanlari qatl etilgan. [[Shia]]likka qarshi kurash shiori ostida [[1513-yil]] uning hukmiga binoan, saltanatda yashovchi 40—45 ming atrofidagi shialar qatl qilinadi. Bunday qirgʻindan asosiy maqsad [[Eron]] shohiga qarshi qilinishi rejalashtirilayotgan yurish oldidan Eron bilan chegaradosh viloyatlarni shialardan tozalash edi. Shoh [[Ismoil I Safaviy]] va sulton oʻrtasida [[Choldiron]] vodiysida [[1514-yil]]ning [[23-avgust]]da sodir boʻlgan jangda har biri taxminan 120 ming askardan iborat 2 qoʻshin toʻqnashadi. Oʻt sochar qurol, yaʼni toʻp, zambarak va miltiqlar bilan qurollangan turk armiyasi Ismoil I qoʻshinini butunlay yakson etadi. Jang maydonida shohning 50 ming askari nobud boʻladi, qarorgohi toʻlaligicha turklar qoʻliga asir tushadi. Shoh poytaxti Tabrizda bir necha kun qoʻnim topgan Salim I ulkan oʻlja bilan [[Istanbul]]ga ravona boʻladi. Shundan soʻng Salim I Janubi-Sharqiy Anadoʻlu hamda [[Kurdiston]]ni zabt etadi, [[Diyorbakir]], [[Moʻsul]], [[Mordin]] sh.lari unga taslim boʻladi. Oz fursat oʻtmasdan Salim I [[Misr]] mamluklari tomon yoʻlga chiqadi. 1516-yilning 24-avgustda Marj Dobik maydonida turklarning turli kalibrdagi toʻplariga bardosh berolmagan mamluklarning 60 ming kishilik armiyasi tormor etiladi. Ushbu jangdan soʻng Halab, Aynteba (Ayntob) singari qator Shom sh.lari Salim I ga boʻysundiriladi. 1516-yilning 28-avgustda Halabda juma namozida Salim I ga „[[Ikki muqaddas masjid xodimi]]“ faxriy unvoni beriladi. Mana shu kundan eʼtiboran Usmonli sultonlar xalifa deb nomlana boshlagan. 1516-yilning sentyabrda Salim I butun Suriya hududini deyarli qarshiliksiz qoʻlga kiritadi, noyabr oxirida turk armiyasi Falastinni taslim etadi. 1516-yilning 25 dekabrda mamluklarning yangi sultoni Tumanboy qoʻshinlari Sinon Yusuf posho qoʻmondonligidagi turklar tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi. Bir oy oʻtgandan soʻng Ridoniyada boʻlgan hal qiluvchi jang Tumanboyning uzilkesil magʻlubiyati bilan yakunlanadi va sulton Salim I [[Qohira]]ga kiradi. Salim I qoʻliga tushgan soʻnggi mamluklar sultoni [[Tumanboy]] 1517-yilning 13-aprelda osib oʻldiriladi. 1521—22 yillarda Suriya va Misr Usmoniylar saltanatining bir kismiga, yaʼni oʻlkasiga aylantiriladi. 1516-yil Shim. Afrikaning yirik porti hisoblangan Jazoir va uning atrofidagi yerlar turklar tasarrufiga kiritiladi. Natijada turklarga tegishli yurtlar qatoridan [[Bolqon]], Jan. Sharqiy Anadoʻlu, Arabiston hamda Shim. Afrika yerlari oʻrin oladi. Vengriya chegaralari hamda Adriatika dengizidan Fors koʻrfazigacha boʻlgan hududlardan oʻtuvchi savdo yoʻllari bevosita turklar nazoratiga kiradi. 1519-yil jaloliylar qoʻzgʻolonini bostirgan. Misrda mamluklar davlatining tugatilishi, Eronning sezilarli darajada kuchsizlanishi, sulton Salim I oʻz nigohini takror Yevropaga qaratish imkonini berdi. 1520-yil Salim I yangi bosqinchilik yurishlariga (Rodos va Hindistonga) tayyorgarlik chogʻida 49 yoshida vafot etadi.