Shimoliy Mariana orollari: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
185.213.230.117 (munozara) tomonidan qilingan 3926035-sonli tahrir qaytarildi Teglar: Bekor qilindi Qaytarildi |
Tahrir izohi yoʻq Teg: Qoʻlda qaytarildi |
||
Qator 1:
'''Shimoliy mariana orollari''', Shimoliy Mariana Orollari Hamdoʻstligi — Tinch okeanning gʻarbiy qismi, Mikroneziyadagi Mariana orollari guruhida joylashgan davlat. Maydoni 477 km². Aholisi 94 ming kishi (2023). Poytaxti — Susupe shahri (Saypan o.da). Aholisining asosiy qismi — tub joy aholisi boʻlgan chamorrolar. Rasmiy til — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar.
da Sh.M.O. AQSH bilan erkin uyushishi toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi. 1993-yilda AQSH vasiyligi bekor qilindi.
▲ Iqtisodiyotining asosi — xorijiy sayyohlik (yiliga 200 mingga yaqin sayyoh kelibketadi; asosan, Yaponiyadan) va qishloq xoʻjaligi (mamlakat hududining ʻD qismiga yaqini band). Kokos palmasi, banan, sitrus mevalar, shakarqamish, non daraxti, kofe oʻstiriladi, pomidor va qovun ekiladi. Baliq (asosan tunets) ovlanadi va qayta ishlanadi. Qoramol, choʻchqa, echki boqiladi.
Sanoati qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Toʻqimachilik va tikuvchilik mahsulotlari, ichimliklar ishlab chiqariladi. Avtomobil yoʻllari uz. 494 km (27% qattiq qoplamali). Chetga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqaradi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — AQSH dollari.
|