Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Saroj (munozara | hissa)
k 185.139.138.158 tahrirlari 185.139.139.200 versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish SWViewer [1.6]
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 5:
 
== Tarixi ==
[[1992-yil]] [[8-dekabr]]da 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan. „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida“gi Konstitutsiyaviy qonun (1991-yil 31-avgust) ushbu [[Konstitutsiya]] uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk bor 1990-yil 20-iyunda boʻlib oʻtgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya Prezident [[Islom Karimov]] raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Uning tarkibiga deputatlar, [[Qoraqalpogʻiston Respublikasi]] va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat birlashmalari, korxonalar va xoʻjaliklarning rahbarlari, huquqshunos olimlar va mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning 10sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha matbuotda eʼlon qilinib, keng muhokama etilgan. Konstitutsiyaviy komissiya umumxalq muhokamasi yakunlarini koʻrib, loyihani tuzatib va maʼqullab Oliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqishga tavsiya qilgan. Loyiha Oliy Kengash sessiyasida ham moddama modda muhokama etilgandan soʻng qabul qilingan.
 
== Kiritilgan oʻzgarishlar ==