Etika: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq Teg: Qaytarildi |
213.230.110.28 (munozara) tomonidan qilingan 3981729-sonli tahrir qaytarildi Tire oʻzi toʻgʻri qoʻyilgan edi Teglar: Bekor qilindi Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali |
||
Qator 1:
{{ichki havolasiz}}
'''Etika''' ({{lang-grc|ἠθική [φιλοσοφία]}}
Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari
Etikaga doir dastlabki tushunchalar shumerliklarning „Me“ qonunlar majmuida uchraydi. Undagi „namlul“ tushunchasi insonparvarlik, ezgulik maʼnolarini anglatgan. Bobil podshosi Xammurapi qonunlarida, „Pxatoten oʻgitlari“, „Misr mayyitlar kitobi“, Avesto kabi qadimiy yodgorliklarda axloqiy tamoyillar va meʼyorlar qonunlar, eʼtiqodiy daʼvatlar shaklida berilgan; Hindistonning „Manuqonunlari“, „Dhammapada“, „Patanjali“ kabi yodgorliklarida esa pandnoma va hikmat usuli ustuvor. qadimiy Xitoy daochidonishmandlari insonni tabiatning bir qismi sifatida olib qaraydilar va uning vazifasi fazilat yoʻlidan borish ekanini, barcha yovuzliklar, baxtsizliklar insonning tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishi oqibati ekanini taʼkidlaydilar. Konfutsiy va uning izdoshlari fazilat egasi boʻlishni urf-odatlarga soʻzsiz boʻysunishda koʻradilar. qadimiy Sharqdagi, xususan, Misr va Hindistondagi axloqiy gʻoyalar, qarashlar antik davr estetikasiga ilmiynazariy asos boʻldi; yunon mutafakkirlari Sokrat va Platon qarashlarida ilohiylik axloqning asosi, insonga axloqiylik azaldan berilganligi taʼkidlansa, Aristotel inson kamolotga bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, hirsu ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, deydi. Sitseron, Seneka, Epiktet singari qadimiy Rim axloqshunoslarining qarashlarida esa qullik, erk, hayotning maʼnosi, baxt muammolari oʻrtaga tashlanadi. Oʻrta asrlar etikasida qadimgi Sharq mutafakkirlari (Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd) asarlari va fikhiy tasavvufiy yoʻnalishlarda Abu Lays Samarqandiy, Gʻazzoliy, Rumiy, Aziziddin Nasafiy, Navoiy, Koshifiy tomonidan yozilgan kitoblar etika taraqqiyotiga katta hissa boʻlib qoʻshildi; Uygʻonish davri faylasuflari oʻz axloqiy qarashlarida ulardan samarali foydalandilar (Valla, Monten). Bu taʼsirni yangi davr axloqshunosligida ham yaqqol sezish mumkin; Gobbs, Spinoza, Gelvetsiy, Golbax, Russo kabi maʼrifatchilar axloqning shaxs va jamiyat hayotidagi oʻrniga, demokratik oʻzgarishlarning axloqiy ildizlariga eʼtiborni qaratdilar. Bu davrda nemis mumtoz axloqshunosligi alohida ahamiyatga ega boʻddi; u bir tomondan ratsional nazariyalarni (Kant, Shiller, Fixte, Shelling, Gegel, Feyerbax), 2tomondan, noratsional qarashlarni (Kyerkegor, Shopengauer, Nitsshe) oʻrtaga tashladi; Kant burchga asoslangan imperativ (qatʼiy amr) gʻoyasini ilgari surdi, Gegel axloqning miqyosiyligini, huquqning asosi, jamiyatning qoni va joni ekanini, Feyerbax axloqiy xattiharakatlarda hissiyotning, ayniqsa, muhabbat hissining ahamiyatini taʼkidladilar. Noratsional yoʻnalish tarafdorlari insonni tushunchalar (aql) yordamida bilish mumkin emasligini, yovuzlikning ezgulikdan gʻolib kelayotganligi axloqsizlikni axloqiy niqob bilan berkitishga doimiy urinish bilan bogʻliqligiga, inson ixtiyor iskanjasida, manfaat va hukmronlik yoʻlida hech narsadan toymaydigan jonzotga aylanib borayotganiga diqqatni qaratdilar. 19-asrning 2-yarmi
Endilikda etika oldida qator global muammolar turibdi; insoniyat hozir noosfera (texnikaviy muhit)da yashab, biosfera (biologik muhit)dan tobora uzoqlashib bormoqda, inson tafakkuri vujudga keltirgan fantexnika taraqqiyoti endilikda insonning oʻziga, uning mavjudligiga qarshi xavf sifatida ham maydonga chiqmoqda: atom, vodorod, neytron bombalarning, yadroviy kallakli ballistik raketalarning yaratilishi, olamiy okeanning, yer osti va yer usti suvlarining zaharlanishi kabi hodisalar ekologik tozalikdan ham koʻra axloqiy poklikni talab qilmoqda. Klonlashtirish, bir inson aʼzosini boshqa insonga koʻchirib oʻtkazish, evtanaziya (bemorning oʻz oʻlimini.tezlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosini qondirish) va boshqalar muammolar ham axloqiy aralashuvga muhtoj.
Oʻzbek milliy etikasi boshqa falsafiy fanlar kabi mintaqaviy tabiatga ega boʻlib, uning ildizlari Avestot borib taqaladi. Avestoda ilgari surilgan 3 fazilat
== Adabiyotlar ==
|