Buddizm tarixi: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (diffedit) Teg: Qaytarildi |
k NGC 54 tahrirlari 82.215.105.202 versiyasiga qaytarildi Teglar: Eski holiga qaytarish Qaytarildi |
||
Qator 2:
[[Buddizm]] (Budda nomidan olingan), Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unqiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan.
==== Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda B. Shri Lanka, игввфмн, Laos, Kamboja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yapokabi davlatlarning asosiy dinidir. B. muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, yaʼni jahonning salkam 2/3 kismi aholisi maʼnaviy qadriyatlariga juda katta taʼsir koʻrsatgan. Rivoyatlarga koʻra, B.ga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. B.da 2 asosiy yoʻnalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda koʻp sekta va mazhablarga boʻlinadi. ====
Boshqa dinlardan farqli ravishda B.da hech bir oʻzgarmas narsa yoʻq, hatto xudo ham oʻzgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud boʻlib, ularning har biri yoʻqolib, keyingisiga oʻrin beradi. B. taʼlimotiga koʻra, inson doimo azobuqubatga mahkum va bunga uning oʻzi sabab boʻladi. Zero u, garchand befoyda boʻlsada, oʻz hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azobuqubatdan qutulish uchun koʻngil xush koʻrgan barcha narsalardan oʻzini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolgʻondan, oʻgʻrilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan oʻzini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", yaʼni "xotirjamlik"ka va oxiroqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin. B. zaminida 3 narsa — Budda, Dharma va Sangxaga eʼtiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dharma — Gautama qoldirgan taʼlimot. Bu taʼlimotning eng qisqa bayoni "toʻrt oliy haqiqat"dan iborat: 1) azobuqubat mavjud; 2) azobuqubatning sababi (istak) mavjud; 3) azobuqubatning tugashi (nirvana) mavjud; 4) azobuqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli yoʻl mavjud. Sangxa — Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat koʻrsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor maʼnoda bu — oʻtgan ayerlarda "oliy haqiqat"ga yetishgan koʻplab avliyolardir. Sangxa jamoasiga kabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi: 1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik; 2) yolgʻon soʻzlamaslik; 3) oʻgʻrilik qilmaslik; 4) jinsiy aloqaga kirmaslik; 5) mast qiluvchi ichimlik ichmaslik; 6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik; 7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik; 8) ommaviy koʻngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik; 9) baland va yumshoq oʻrinda yotmaslik; 10) pul ishlatmaslik. Rohiblar jamoasi asosan B. txeravadasi (aynan — oqsoqollar taʼlimoti)ga xosdir. Maxayanada "haqiqat yoʻli" har kim uchun ochiq: rohiblarga ham, dunyoviy kishilar (yaʼni oddiy qavm)ga ham; Buddaga eʼtiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralganda, Sangxa — muqaddaslik va qudrat xazinasi. Kisqasi, B. — Buddaga ergashib, Dharma talablarini bajarish va Sangxa jamoasining aʼzosi boʻlib qolishdir.
|