Turon tekisligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
Qator 3:
Turon tekisligi berk havza, uning markaziy qismida [[Orol dengizi]] [[botiq|botigʻi]] joylashgan. Maydoni 1,5 mln. km². Oʻrtachabal. 150– 200 m. Gʻarbiy qismi (Kaspiyboʻyi pasttekisligi) dengiz sathidan 28 m pastda, baʼzi bir botiqlar (mas., [[Qoragiyo]] botigʻining tubi) —132 m. Sharqqa tomon tekislikning balandligi ortib boradi.
 
Turon tekisligida Oʻrta Osiyoning yirik qumli, gilli, toshloq, lyossgilli choʻllari ([[нкбА
Qoraqum]], Katta va Kichik [[Boʻrsiq qumlari (choʻl)|Boʻrsiq]], [[Balxash]] boʻyi) joylashgan.
 
Turon tekisligi yer yuzasining tuzilishi xilmaxil, kelib chiqishi, shakli va yoshi jihatidan har xil orografik shakllar: pastgekisliklar, platolar, past togʻlar, qirlar, botiqlar, qad. daryo oʻzanlari, deltalar tarqalgan. Turon tekisligining markaziy qismini Turon pasttekisligi egallagan. Undan har tomonga balandlik ortib boradi. Bir qancha platolar (Ustyurt, [[Mangʻistau qoʻltigʻi|Mangʻistov]], Krasnovodsk, Shagʻiray va boshqalar) bor. Ular ichida eng yirigi — Ustyurt. Platolar xamma tomondan tik yon bagʻir ([[chink]])lar bilan oʻralgan. Past togʻlar Turon tekisligining gʻarbiy kismidagi Mangʻistov yarim orolda — Krratov (556 m), Shimoliy va Janubiy Oktovlar, Qizilqumdagi [[Sulton Uvays togʻi]] (485 m), [[Boʻkantov]] (500 m), [[Yetimtogʻ]] (622 m), [[Tomditov]] (922 m), [[Aristontov]] (698 m), [[Ovminzatov]] (649 m), [[Quljuqtov]] (785 m), [[Qozoqtov]] (613 m), Balxash koʻlining janubi-gʻarbida [[Jeltov]], [[Oytov]] (1052 m) va boshqa Bular paleozoy togʻ jinslaridan tashkil topgan, suvayirgʻich qismi turli tuzilishga ega (qoyali, tekislangan yuzalar), yon bagʻirlari koʻpincha tik, qryali, koʻplab quruq soylar bilan kesilgan. Turon tekisligida mezokaynozoy togʻ jinslaridan tuzilgan bir qancha [[qir]]lar ([[Bodxiz qirlari|Bodxiz]], [[Qorabel]], [[Qorabovur]], Oqtumshuq va boshqalar) mavjud. Ularning yon bagʻirlari nishabroq, atrofidagi tekisliklar bilan astasekin tutashib ketadi, bal. 1000 m gacha. Turon tekisligida bir qancha botiqlar ([[Borsakelmas botigʻi|Borsakelmas]], Askaovdan, [[Mingbuloq botigʻi|Mingbuloq]], Qoraxotin, [[Oyoqogʻitma botigʻi|Oyoqogʻitma]] va boshqalar) bor. Ularning uz. 40 km gacha, eni 20 km gacha (Qoragiyo) yetadi. Botiklar tubida baxrr faslida vaqtinchalik koʻllar gʻosil boʻladi. Baʼzilarda (mas., [[Sariqamish koʻli|Sariqamish]]da) doimiy koʻl bor.