Vikipediya:Yangi maqola: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Muhammadqodir Lord (munozara) tomonidan qilingan 4292491-sonli tahrir qaytarildi
Teglar: Bekor qilindi Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
k yangi maqola kiritildi.
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Qator 1:
Istagan kishi {{SITENAME}}da [[VP:MAQOLA|maqola]] yaratishi mumkin. Marhamat boʻlgʻusi maqola nomini yozing, „'''Maqola kiritish'''“ tugmasini bosing va yozishni boshlang:
DEVONI LUG‘OTIT TURK ASARINING JAHON TILSHUNOSLIGIDA O‘RGANILISHIGA OID MULOHAZALAR
Jаhon tilshunosligidа turkiy tillаrning qаdimgi mаnbаlаri leksikаsini o‘rgаnish, uning leksikogrаfik аhаmiyаtini kelаjаk vаkillаrigа tаqdim qilish kаbi mаsаlаlаr bugungi kun tilshunosligi uchun muhim deb qаrаlаdi. Til hodisаsi nechа аsrlаrdаn buyon tilshunos olimlаr tomonidаn o‘rgаnilmoqdа vа tаdqiq etilmoqdа. Xususаn, tilni sinxron vа diаxron аspektdа o‘rgаnish, tilni qаdimgi yozmа mаnbаlаr vа zаmonаviy tillаr bilаn qiyoslаb tаhlil qilish nаfаqаt o‘zbek tilshunosligidа, turkologiyаdа bаlki jаhon tilshunosligi oldidа turgаn muhim vаzifаlаrdаn biridir.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Jаhon tilshunosligidа Mаhmud Koshg‘аriy ijodi vа uning “Devoni lug‘otit turk” аsаri yuzаsidаn ko‘plаb ilmiy izlаnishlаr olib borilgаn. J. Xudoyberdiyevning 2011-yildа nаshrdаn chiqqаn kitobidа lug‘аt bo‘yichа yаrаtilgаn аsаrning soni 1779 tа deb berilgаn . Jumlаdаn, K.Brokkelmаn, V.Rаdlov, G.Bergshtrаsser, I.I.Umnyаkov, А.N.Kononov, F.Xommel, O.Pritsаk, I.Xаvenshild, R.Denkoff, V.V.Bаrtold, S.E.Mаlov, А.M.Sherbаk, S.G.Klyаshtorniy, E.R.Tenishev, I.V.Steblevа, T.А.Borovkovа, Y.А.Zuyev kаbi jаhon miqiyosidаgi tilshunoslаr аdib аsаri tilini o‘rgаnishgаn. Turkologiyаdа hаm “Devoni lug‘otit turk” bo‘yichа jiddiy ilmiy izlаnishlаr olib borilgаn bo‘lib, B.Аtаlаy, N.Osim, I.Hikmаt, S.Bey, M.F.Ko'prulu, Z.V.To‘g‘on, F.Birtek, M.Sh.Ulkutаshir, А.Jаfer o‘g‘lu, Sechkin vа Sаrаb Tug‘bа Yurtаchаr, I.S.Xаrkovskiy, А.Ekyeubаy, X.S.Xo‘jаyev, R.Аskаr, X.Ko‘ro‘g‘li, А.B.Xаlidov, Z.Musаbаyevа, А.Erjilаsun, P.Oruzbаyevа, V.Mаxpirov, А.Rаgimov, P.Osmаnаliyev kаbi olimlаrning tаdqiqotlаrini аlohidа ko‘rsаtib o‘tishimiz lozim .
Tahlil va natijalar. Mа’lumki, hаr qаndаy til hodisаsini tаrixiy jihаtdаn о‘rgаnishning yаgonа ilmiy yо‘li birlаmchi mаnbаlаrgа аsoslаnib, yozmа yodgorliklаr tili bilаn hozirgi tilni qiyoslаsh, shu аsosdа ikki orаdаgi yаqinlikni, fаrq vа yаngiliklаrni аniqlаshdir. Mаrkаziy Osiyo xаlqlаri kо‘p аsrlаr dаvomidа yаrаtgаn noyob mаdаniy yodgorliklаr qаtorigа shu xаlq fаrzаndlаri yаrаtgаn lug‘аtlаr hаm kirаdi. Bundаy lug‘аtlаrning nodir qо‘lyozmаlаri bizgаchа yetib kelgаn vа ulаrning bа’zilаri nаshr qilingаn, ulаr аsosidа ilmiy tаdqiqot ishlаri hаm olib borilgаn.
Bu аsаr jаhon tilshunos olimlаri e’tiborini tortgаn qаdimiy аsаrlаrdаn biridir. “Devonu lug‘oti-t-turk” turkiy sо‘zlаrning аrаbchа izohli lug‘аti bо‘lgаni uchun ilmiy jihаtdаn аlohidа аhаmiyаtgа molikdir. Uni hаr tomonlаmа tаdqiq qilish turkiy xаlqlаrning, jumlаdаn, о‘zbek xаlqining tаrixini, urf-odаtlаrini, sо‘z boyligini, аdаbiy me’yorini о‘rgаnishdа kаttа аhаmiyаt kаsb etаdi.
Mahmud ibn Husayn Muhammad (Mahmud Koshg‘ariy) XI asrning ikkinchi yarmidayoq tillarni o‘rganishda birinchi bo‘lib qiyosiy-tarixiy metodni qo‘llagan qomusiy olim hisoblanadi. Chunki Yevropada bu metoddan foydalanish XVIII arsning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Olim yaratgan “Devoni lug‘otit turk” asari faqat lug‘at emas, balki “Rumdan Mochingacha” ya’ni Shimoliy Xitoydan Qora dengizgacha bo‘lgan hududda istiqomat qilgan va hozirgi turkiy xalqlarning shakllanishiga asos bo‘lgan 71 ta turkiy qabila va urug‘lar tillarida qo‘llangan 8000 ga yaqin so‘zni fonetik, leksik-semantik, grammatik xususiyatlarini, shuningdek, yozuv va imlo qoidalarini ham tarixiy-qiyosiy tahlil qilish bilan birga, bu qabila va urug‘larning etnogenezi va ular istiqomat qilayotgan o‘lka, shahar va tumanlarning tarixi, mahalliy urf-odatlari hamda koinot sirlari haqida ma’lumot yozib qoldirdi. Ayni paytda, qabila va urug‘lar joylashgan hududlarning geografiyasi, hayvonot olami, o‘simlik dunyosi haqida ma’lumot berib, hududning xaritasini tuzib chiqdi. Bu xarita ma’lumotlarining aniqligini hozirgi zamon olimlari V.I.Belyayev (“DLT”, M,L., S. 32), H.Hasanovlar (“Mahmud Koshg‘ariy”, T., 1963. B. 43) arxeologik qazilmalar va etnograflar tasdiqlashini ko‘rsatib o‘tadilar .
“Devoni lug‘otit turk” asari arab tilidan ilk tarjimasi turk tiliga qilingan. Shuningdek, asarning boshqa tillarga ham to‘liq tarjimalari mavjud: o‘zbek, uyg‘ur, ozarbayjon, qozoq, ingliz, nemis, xitoy, rus va eron tillariga ham tarjima qilingan.
Jahon tilshunosligi uchun asarning chop etilishi natijasida olimlar tomonidan “Devon”ga bo‘lgan qiziqish kuchayib bordi va u asosidagi qator tadqiqotlar yuzaga keldi. “Devoni lug‘otit turk” asari ustida ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borgan olimlardan biri nemis olimi Karl Brokelmann bo‘ldi. Chunki olim “Devon” tadqiqiga bag‘ishlangan o‘nlab asarlar yaratdi. 1928-yilda “Devon” lug‘atini nemis tilida alifbo tartibida chop ettiradi va bu nashrda so‘zlarning umumiy miqdori, yuqorida ta’kidlanganidek, 7993 tani tashkil qiladi. Ushbu lug‘at nashridan so‘ng G‘arb olimlari o‘rtasida asarga bo‘lgan qiziqishni orttiradi. K.Brokelmann o‘zining uzoq yillik olib borgan tadqiqotlari natijasida “Devoni lug‘otit turk” tili o‘rta turk tili davriga mansub degan xulosani beradi. Albatta, keyinchalik mazkur fikni barcha olimlar tasdiqlagan.
Bu qadimiy yozma yodgorlikning Ahmad Rifat tomonida chop etilganidan keyin Mahmud Koshg‘ariy haqida va uning mazkur asari to‘g‘risida turkolog olimlar xabardor bo‘lishdi. Shundan keyin jahon tilshunosligida adibning “Devon”iga bag‘ishlangan ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari yaratildi. Ayniqsa, turk olimlarining izlanishlari tahsinga sazovor. Jumladan, A.İ.Elöve, Ferit Birtek, F.Köprülü, Necib Asım, M.Ş.Ülkütşir kabi olimlar “Devoni lug‘otit turk”da keltirilgan maqol va she’rlar to‘g‘risida, Banguoğlu, Tahsin, A.Caferoğlu, Ali Karamanoğlu, M.Ş.Ülkütşir, Zeki Velidi Togan, R.Arat, T.Tekin, F.Jiylan, E.Teres, N.Demir, E.Yilmaz va boshqalar asarning til xususiyatlari bilan bir qatorda Mahmud Koshg‘ariyning hayoti, ijodiy faoliyatini ham yoritishgan, A.Battal devon tarjimasi borasida tadqiqot ishlari olib borishgan .
F.Ko‘prulzoda “Devon”dagi she’riy parchalarning vazn, qofiya va mavzusiga asoslanib, asarda to‘rtta – “Alp er to‘nga” marsiyasi, “Yabaqu” qabilasi bilan bog‘liq bir voqea marsiyasi, kimga bag‘ishlangani noma’lum bo‘lgan uchinchi marsiya, Tanqut amiriga bag‘ishlangan marsiya borligini qayd etgan .
“Devoni lug‘otit turk” bilan shug‘ullangan rus olimlaridan eng ko‘p ilmiy izlanishlar olib brogan turkologlardan bir V.V.Bartold ilk bor 1921-yilda Mahmud Koshg‘ariyning “Devon”i xususida o‘zining ma’ruzasini o‘qigan. Adibning “Devon”idan joy olgan tilshunoslikka bag‘ishlangan nazariy qarashlari to‘g‘risida esa S.E.Malov ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan va devondagi she’rlarni rus tiliga tarjima qilgan. Shundan keyin, 1926-yilda turkolog K.K.Yudaxin va arabshunos olim E.A.Shmitlar bilan birgalikda ushbu devonga asoslangan holda “Qadimgi turkiy til lug‘ati” nomli kitobni tuzib chiqadilar.
“Devoni lug‘otit turk” asarining eski turkiy til taraqqiyotidagi o‘rni beqiyos darajadadir. Bu haqida rus tilshunosi A.M.Sherbak Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asariga materialning hajmi jihatidan teng keladigan biror asar yo‘q, “Devon”ning lug‘at deb atalishi uning asl mazmuniga uncha mos kelmasligini ta’kidlaydi. Chunki bunda turkiy tillar grammatikasidan juda keng ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, qabilalarning joylashish xususiyati, geografik va boshqa til ma’lumotlari mavjud degan fikrlarni bergan edi.
Ozarbayjonlik turkologlar e’tiboriga tushgan “Devon” yuzasidan yana ko‘plab tadqiqot ishlari olib boriladi. Jumladan, G.A.Bayramov asardagi frazeologik birliklar haqida o‘z maqolasini e’lon qiladi. “Devoni lug‘otit turk” bibliografiyasi bilan olim R.Askar shug‘ullangan. Ushbu bibliografik ko‘rsatkichda asarning o‘rganilishi masalalariga oid ma’lumotlar berilgan bo‘lib, olim so‘z yasalishi, so‘z turkumlari, Grammatik kategoriyalar bo‘yicha ham izlanishlar olib borga, uning qator maqolalari e’lon qilingan . Bundan tashqari, olim R.Askar “Devon” tarjimasi bilan ham shug‘ullangan, asarni rus va ozarbayjon tillariga tarjima qilgan.
Tilshunos U.Isabekovaning ta’kidlashicha, nemis sharqshunos olimlaridan biri Markart tarixchi olim Miller, arabshunos Gensler bilan birga 1931-yilda “Devon”da keltirilgan lingvistik xaritani o‘rganishga harakat qilganlar. Biroq ular asarning o‘ziga murojaat qilmaganliklari sababli xaritani to‘liq o‘zlashtira olmaganlar. V.Radlov, G.Bergshtrasser, F.Xommel, O.Pritsak, I.Xavenshild kabi tilshunoslar tadqiqotlarida turkiy tillarning tarixiy xususiyatlari “Devoni lug‘otit turk” asariga tayanilgan holda tadqiq qilingan. Xususan, V.Radlov turkiy tillar dialektlariga oid dalillarni keltirishda “Devon”ga murojaat qiladi. G.Bergshtrasser Mahmud Koshg‘ariy asaridagi so‘z yasalishi haqida tadqiqot olib brogan bo‘lsa, F.Xommel turkiy tillarga xos maqollarni o‘rganishda asardan keng foydalangan. O.Pritsak “Koshg‘ariyning bolgar tili haqidagi bayonoti” nomli maqolasida olimning tillarning hududlarda tarqalishi, areal lingvistika bo‘yicha qarashlariga munosabat bildirgan. I.Xavenshild esa Mahmud Koshg‘ariy tomonidan qo‘llangan hayvon nomlari (zoonimlar)ni lingvistik va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘rgangan. Muallif “Devon”da 250 ga yaqin uy hayvonlari va yavvoyi hayvonlar nomlari qayd etilgani, shuningdek, ularda nafaqat turlar, balki hayvonlarning jinsi, Yoshi bilan bog‘liq maqol va matallar xalqning chorvachilik va ovchilik bilan bog‘liq tushunchalarini tasavvur qilishga imkon berishini e’tirof etadi. Amerikalik taniqli turkolog olim, Chikago universiteti professori Robert Denkof Mahmud Koshg‘ariyning “Devon”ini ingliz tiliga tarjima qilish bilan bir qatorda, asar to‘g‘risida ko‘plab maqolalar chop ettirgan. 2008-yilda muallifning “Mahmud Koshg‘ariydan Avliyo Chelabiygacha” nomli kitobi nashr etilgan va bu kitobdan o‘rin olgan maqolalarning bir nechtasi Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asariga bag‘ishlangan. J.Kelli, A.Bombaji, R.Ermerslarning maqolalarida ham “Devon”ning til xususiyatlari yoritilgan. Rus-sovet tilshunoslari V.V.Bartold, S.E.Malov, I.I.Umnyakov, A.N.Kononov, A.M.Sherbak, S.G.Klyashtorniy, E.R.Tenishev, I.V.Stebleva, T.A.Borovkova, Y.A.Zuyevlar “Devoni lug‘otit turk” asarining fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini atroflicha tadqiq qilganlar .
“Devoni lug‘otit turk” asarining o‘rganilishida turkologiyada boshqird tilshunoslarining ham amalga oshirgan bir qator ishlarini alohida ta’kidlamaslikning iloji yo‘q. T.M.Garipov, K.Z.Axmerov, Dj.G.Kiyekbayev, E.F.Ishberdin, L.Samsiteva, A.Kulanchin kabi tilshunos olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari eski turkiy til va hozirgi boshqird tili munosabatlarini yoritishga qaratilgan bo‘lib, bu tadqiqotlarning asosiy qismi leksik birliklar va frazeologizmlar tahliliga bag‘ishlangan. Z.A.Xabibullinaning “Devon”ni o‘rganilishini yangi bosqichga olib chiqqanligini e’tirof etish lozim. Shuningdek, muallifning o‘zi va shogirdi A.Haziyevaning tadqiqotlarida “Devoni lug‘otit turk” leksikasi va terminologiyasi sinchkovlik bilan tadqiq qilingan .
Tatar turkologlari ichidan Jamil Validov o‘zining “O словаре турецких языков Махмуда Кашгарского”, A.Xalidov “Düvan Luгaт ит-Турк“ в сравительном освещении с его арабиским прототипом“, “Словари Исхака ал Фараби и Махмуда Кашгари (из истории лексикографии в Средней Азии Х-ХI вв.)” nomli maqolalariida “Devoni lug‘otit turk” haqida ma’lumotlar berib o‘tadilar. Shuningdek, ushbu maqolalarda tatar tili va eski turkiy tillar bilan munosabati haqida to‘xtalib o‘tilgan. A.M.Krimiskiy esa o‘zining “Turkiylar, ularning til va adabiyoti” nomli asarini “Devon”ga bag‘ishlagan.
Turkman tilshunos olimi S.Axalli 1958-yilda yoqlangan “Махмуд Кашгарынинг созлуги ве туркмен дили” mavzusidagi dissertatsiyasi 2 bob va xulosadan iborat bo‘lib, dastlabki bobda “Devoni lug‘otit turk”ning fonetik, leksik va morfologik jihatlari haqida so‘z borgan, ikkinchi bobida esa “Devon” bilan turkman tilining leksik fondi qiyosiy o‘rganganligi aks etgan. A.Barovkovaning 1966-yilda yoqlangan “Грамматический очерк языка “Дивану лугат-ит турк” Махмуда Кашгари” nomli nomzodlik dissertatsiyasining birinchi bobi chigil tilining grammatik sharhiga bag‘ishlangan. Ushbu dissertatsiyada chigil tilining fonetik va morfologik sathlari ochib berilgan. Ishning ikkinchi bobida esa Mahmud Koshg‘ariy tili, turkiy tillarni izohlashdagi uslubi va qarashlariga alohida to‘xtalgan. Bundan tashqari, asarning fonetik terminalogiyasiga, lab undoshlari hamda cho‘ziq unlilarga bag‘ishlangan bir qator maqolalar ham chop ettirgan. 1990-yili Qozog‘istonda Valeriy Uygurovich “Собственние имена в памятнике XI в “Дивану лугат-ит турк” Махмуда Кашгарского” nomli nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan. Dissertatsiyada “Devoni lug‘otit turk” asaridagi onomastik birliklar tadqiqi, antronim, toponim, etnonimlar atroflicha tahlil qilingan bo‘lib, ularning etimologiyasiga e’tibor qaratish kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, “Devoni lug‘otit turk”dagi atoqli otlarning sstruktur-grammatik ahamiyatini shakllantirish, atoqli otlardan antroponim, etnotoponimlarning hosil bo‘lish jihatlariga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Xulosa va takliflar. Demak, dadil aytish mumkinki, o‘n asrlik qadimiy tarixga ega bu noyob yozma yodgorlik hali ham o‘z ahamiyatini, qimmatini yo‘qotgan emas. Jahon tilshunoslari tomonidan bu durdona asarning lingvistik xususiyatlari yanada kengroq o‘rganish hozirgi tilshunoslikning muhim maslalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Boltayeva Zilola
O‘zMU O‘zbek filologiyasi fakulteti
Lingvistika: o‘zbek tili yo‘nalishi
2-kurs magistranti
 
<inputbox>