Prussiya qirolligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MKattaev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
MKattaev (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 194:
 
Bu uch urushdan birinchisi 1864-yilda Avstriya yordamida Prussiya tomonidan boshlangan [[Ikkinchi Shlezvig urushi]] edi. Daniya magʻlubiyatga uchrab Shlezvig va Golshteynni mos ravishda, Prussiya va Avstriyaga berdi.
Shlezvig va Golshteynni boʻlishishdagi muammolar Prussiya va Avstriya oʻrtasidagi yetti haftalik [[Avstriya-Italiya-Prussiya urushi|urushga]] (1866-yil) olib keldi. Bu urushda Prussiya Italiya qirolligi va koʻplik shimoliy-german davlatlarini bilan ittifoqda Avstriya imperiyasiga qarshi urushdi. Avstriya ittifoqi magʻlub etilib, [[Gannover qirolligi]], [[Gessen buyuk gersogligi]], [[Nassau gersogligi]] va [[Frankfurt erkin shahri]] kabi nemis davlatlari Prussiyaga qoʻshib olindi. Bu gʻalabaning eng muhim natijasi Prussiyaning reyndagi hududlari qirollikning asosiy qismi bilan birlashtirilganligi boʻldi. Urushga sabab boʻlgan Shlezvig va Golshteyn Prussiya boshqaruvi ostiga oʻtdi. Ayni shu paytda Prussiya oʻzining eng katta holatiga yetib, Germaniyaning uchdan ikki qismini egalladi va shu chegaralarda [[1918-yil]]gacha qoldi.
 
Urush natijalariga koʻra Olmon ittifoqi tugatilib, uning oʻrniga Prussiya 1867-yilda Mayn daryosining shimolidagi 21ta davlatni birlashtirgan [[Shimoliy GermanGermaniya ittifoqi]]ni tuzdi.
 
Bu yangi davlatda Prussiya yetakchi boʻlib, uning hududlarining beshdan toʻrt qismiga ega edi. Uning yetakchiligi Bismark tomonidan tuzilgan konstitutsiyada mustahkamlangan edi. Ijro hokimiyati prezidentlikka yuklatilib, nomiga pruss qiroliga tegishli edi. Kansler faqat qirolgagina hisobot berardi. Shuningdek, ikki palatali parlament ham tuzildi. Quyi palata, yoki [[Reyxstag]] umumxalq erkaklar ovozlari bilan saylanardi. Yuqori palata, yoki [[Bundesrat (Germaniya)|Bundesrat]] hukumat tomonidan tayinlanardi. Bundesrat Reyxstagdan kuchliroq hisonlanardi. Prussiya ittifoqdagi 43 ovozdan 17tasiga ega boʻlib, ittifoqda yetakchi kuch edi. Janubiy olmon davlatlari (Avstriyadan tashqari) Prussiya bilan harbiy ittifoq tuzishga majbur boʻlishdi. Bismark bu yoʻlni Germaniyani birlashtirishning oson yoʻli deb hisobladi. Qirol Vilgelm Avstriyani egallashga ahd qilgan boʻlib, Bismark uni bu fikrdan qaytardi. Bismark Avstriya kelajakda nemis ishlariga aralashishini xohlamagandi. Shuningdek, u Avstriyani kelajakda kerakli ittifoqdosh boʻladi deb hisobladi.
 
Germaniyaning birlashtirishning ohirgi bosqichi Bismark boshchiligida Prussiya imperator Napoleon III boshchiligidagi Fransiyaga qarshi eʼlon qilingan [[FransuzFransiya-prussPrussiya urushi]] (1870-yil) boʻldi. AvstroAvstriya-prussPrussiya urushidan soʻng kelisha olish olish qobiliyatlari kuchaygan olmon davlatlari birgalikda oʻz askarlarini tezda toʻplab, Fransiyani magʻlub etishdi. Bu pruss gʻalabasi tufayli Parij yaqinidagi Versal qasrida Vilgelm 18-yanvar 1871-yilda (birinchi pruss qiroli Fridrix Iga toj kiydirilganidan roppa-rosa 170 yil oʻtgach) fransuz poytaxti qamal qilinayotgan bir paytda German imperiyasi imperatori deb eʼlon qilindi.
 
=== 1871—1918: Prussiyaning oʻsishi va qulashi ===