Yetti yillik urush: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MKattaev (munozara | hissa)
"{{Infobox Urush |qismi= Yetti yillik urush |tasvir= 300px |izoh= A. E. Kotsebu. «Kunersdorf jangi» (1848) |sana= 1756—1..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
 
MKattaev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 123:
Dushmanlari o`z askarlarini to`plamasidanoq Fridrix II [[1756-yil]] [[29-avgust]]da Avstriya chegaradoshi [[Saksoniya (kurfyurstlik)|Saksoniyaga]] to`satdan bostirib kirib, Saksoniyani egalladi va urush harakatlarini boshladi. 1756-yil [[11-sentabr]]da [[Yelizaveta Petrovna]] Prussiyaga qarshi urush e`lon qildi. [[9-sentabr]]da prusslar [[Pirna]]da turgan sakson armiyasini o`rab olishdi. [[1-oktabr]]da saksonlarga yordamga kelayotgan [[Maksimilian Uliss Broun|feldmarshal Broun]] boshchiligidagi 33,5 ming kishilik Avstriya armiya [[Lobozits jangi|Lobozitsda]] mag`lub etildi. Qiyin ahvolda qolgan 18 000 kishilik Saksoniya armiyasi [[16-oktabr]]da taslim bo`ldi. Asir qilib olingan sakson askarlari majburan Prussiya armiyasiga o`tkazildi. Keyinroq ular dushman tarafga o`tib ketishlari orqali Fridrixga "rahmat aytishadi".
 
[[Filetasvir:Seven years war.gif|left|thumb|300 px|Yetti yillik urush Yevropada]]
 
Yarimta armiya korpusiga teng armiyasi bo`lgan va [[Polsha]]dagi doimiy muammolarga uchrab yuradigan (sakson kurfyursti Polsha qiroli ham edi) Saksoniya Prussiyaga umuman xavf tug`dirmasligi aniq edi. Fridrixga Saksoniyaga qarshi agressiyasiga quyidagilar sababchi bo`ldi: