Shveysariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 111:
 
== Meʼmorligi ==
Sh.ning qadimiy meʼmoriy yodgorliklari merovinglar sanʼati (RivaSanVitaldagi baptisteriy, 5— 6-asrlar), keyinchalik "Karolinglar uygʻonish davri" sanʼati (SanktGallendagi monastir, 7-asr) bilan bogʻlangan. Romangotika uslubidagi binolar (Syurixdagi Grosmyunster, 12—15-asrlar; Bazeldagi soborlar, 1185—1200) Fransiya va GermaniyaOlmoniya meʼmorligiga yaqin. Uygʻonish davri meʼmorligi anʼanalari 17-asr inshootlarida saqlanib qolgan (Syurixdagi ratusha, 1694—98, meʼmor I.Ya.Keller). 17—18-asrlar meʼmorligida barokko uslubi qaror topdi (SanktGallendagi cherkov, 1755— 70; Lozannadagi ratusha, 17-asrda qayta qurilgan). 18-asr oxirida klassitsizm keng tarqaldi (Nevshateldagi ratusha, 1782—90, meʼmor P.A. Pari). 19-asr oʻrtalarida eklektizm, 19-asr oxirida modern uslubi koʻrinishlari paydo boʻla boshladi. 20-asrning 20-y.lari meʼmorlar xalq meʼmorligi anʼanalaridan va funksionalizm usul va metodlaridan foydalandilar. 30-y.lardagi buyuk inshootlar: Lyutserndagi Lyutsern kantoni sanʼat va majlislar uyi (1930—33, meʼmor A.Meyli), Jenevadagi Millatlar saroyi (1927—37, meʼmor Giyol). 50—70-y.larda yoʻddoshshaharlar (LeLinon, Jeneva yaqinida, 1962— 70, meʼmorlar G. va P. Amman va boshqalar), ijtimoiy va maʼmuriy binolar [Lozanna shahridagi "Kodak" firmasi maʼmuriy binosi va omborxonasi, 1961—63, meʼmor F. Blugger; Syurixdagi "Bashariyat uyi" (Le Korbyuzye markazi), 1967, meʼmor Le Korbyuzye; Sug shahridagi turar joy binolari, 1958—68, meʼmor F. Shtukki va boshqalar; Jenevadagi "Le Pari" kinoteatri, 1971, meʼmor M.J.Soje].
 
 
== Tasviriy sanʼati ==