Oʻrta Osiyo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Akhemen (munozara | hissa)
Qator 41:
Ichki Tyanshan va Pomirdagi balandlik mintaqalari: 1) shuvoqboshoqli oʻtlardan iborat dasht och rangli oʻtloqi chala choʻl tuproqlar; 2) chalovli dashtlardagi quruq dasht, choʻldasht va choʻl tuproqlari; 3) balandtogʻ quruq tundralari; 4) muzliklar va qorliklar. Pomir uchun balandtogʻ shuvoq va teresken oʻsimliklari mintaqasi xos.
 
Oʻ.O.Oʻrta daOsiyoda Markaziy Osiyoning Palearktika oʻlkasi hayvonlari yashaydi. Sut emizuvchilardan qumsichqon va qoʻshoyoqlarning har xil turlari, sariq yumronqoziq, ingichka barmoqli yumronqoziq, antilopa — jayran, qulon, olakoʻzan, qoraquloq, choʻl mushugi va sabancha, gepard va boshqalar uchraydi. Qushlardan xoʻjasavdogar, goʻngqargʻa, chumchuqlar, moyqut, chil, tuvaloq kabilar; sudralib yuruvchilardan qurbaqabosh kaltakesak, choʻl agamasi, echkemar, yoʻlioʻl kaltakesak, gekkon va boshqalar, ilonlardan oʻqilon, choʻl boʻgʻma iloni, charx ilon, koʻlbor ilon, kapcha ilon, qalqonbosh ilon va boshqalar uchraydi. Toshbaqalar keng tarqalgan. Hasharotlardan har xil qoʻngʻizlar, asalarilar, arilar, chumolilar, kapalaklar; oʻrgimchaksimonlardan biy, qoraqurt, chayonlar uchraydi. Toʻqaylarda qirgʻovul, kobon, toʻqay bugʻusi, chiyaboʻri, yerkalamush, koʻl baqasi, koʻk qurbaqa va boshqalar bor. Suv havzalarida kurakburun, moʻylovbaliq, choʻrtan, sazan, tangabaliq, laqqa, leshch, ship, osman, marinka va boshqalar baliq turlari uchraydi. Togʻlik hududlarda togʻ takasi, togʻ qoʻyi (arxar), qizil sugʻur, uzun dumli menzbir sugʻuri, qizil pishchuxa, ilvirs, togʻ gʻozi (ular), kaklik, archa boltatumshugʻi, zargʻaddoq va boshqalar uchraydi.
 
Oʻsiyo qitʼasining asosan markaziy qismlarini oʻz ichiga olgan bulib gʻarb tarafdan [[Kaspiy Dengizi]]dan to sharq tarafdagi [[Xitoy]], shimoldan [[Rossiya]] janubga [[Afg'oniston]]gacha bulgan hududlarni oʻz ichiga oladi. Bu geografik hududlar jamlanmasi yana [[Markaziy Osiyo]] deb ham ataladi.
Qator 53:
* {{bayroq|Turkmenistan}} [[Turkmaniston]].
 
Turli mutahassislar jumladan [[UNESCO|UNESKO]] bu hududga yana shimoliy Afg‘oniston, Shimoliy Erondagi [[Khorasan Province|Xuroson]] provinsiyasi, Mo‘g‘uliston, Xitoyning Uyg‘ur mintaqasi, Janubiy Sibirdagi Tuva respublikasini ham kiritishadi.
 
Oʻrta Osiyo tarixi qadimdan buyon Buyuk Ipak Yuli bilan bogʻliq bulgan. Buning natijasida Gʻarb bilan Sharqni bogʻlab turuvchi aylanma yoʻl sifatida xizmat qilgan. Shu jumaladan turli xil odamlarni olib utishda, qimmat-baho mollar, ipak, tillo buyumlar, dori-darmonlar, qoʻlyozmalar va h.k larni olib utishda, savdo-sotiq infrastrukturasini yaratishda juda katta urin egallab turgan.