Al-Masjid al-Harom: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Cekli829 (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''al-Masjid al-Haram''' ({{lang-ar|المسجد الحرام}} "Muqaddas Masjid") — dunyodagi eng katta [[masjid]], Makkadagi Kaʼba ibodatxonasi va u bilan bogʻliq boʻlgan majmua. Ushbu masjid [[Makka]] [[shahar|shahrida]] boʻlib [[musulmon]]lar [[namoz]] qilganda yuzlanadigan, hamda musulmonlar tarafidan dunyogagi eng muqaddas joy deb bilingan [[Kaʼba]]ni oʻrab olgan. Ushbu masjid "Haram" yoki "Haram Sharif" deb ham tilga olinadi.
 
Qurʼonda shu nom bilan tilga olingan. Bu majmua qadimdan mavjud boʻlgan, arablarda islomgacha ham sigʻiniladigan muqaddas joylardan biri hisoblangan. Yunon tarixchisi Ptolemey asarlarida 2-a.da Makka va undagi ibodatxonaning mavjudligi tilga olingan. 630 y. musulmonlar Makkani egallagach, Al-m. al-H. islom dinining markazi, eng mukaddas ibodatxona deb tanilgan. Al-m. al-H. majmuasining markazida Kaʼba va hovlisida Zamzam bulogʻi, ikki tepalik (Safo va Marva) bor. Tepaliklar tim bilan tutashtirilgan. Mayejid 1570 y.da majmua boʻlib shakllangan. Toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (160*110 m), hovli atrofi 3—4 qatorli ravoqli ustunlar qatori bilan oʻralgan. Us tun (jami 550 ta)lar marmar va granitdan ishlangan. Boshasi muqarnaslar bilan bezatilgan. Shim. va jan.-gʻarbiy qismidagi koʻchaga qaragan peshayvon asosiy binodan bir oz tashqariga chiqarib qurilgan. Bino burcheklariga 7 salo-batli minora ishlangan [ulardan eng qadimiysi (757 y.da qurilgan) shim. qismida joylashgan, shimoli-sharqiy qismidagisi 15-a.da, qolganlari 16-a. boshlarida qurilgan]. Al-m. al-H. musulmonlar haj qiladigan mukaddas joy hisoblanadi. U gʻayrimuslimlar uchun yopiqdir. Oxirgi taʼmirlash ishlaridan soʻng Al-m. alH. maydoni kengayib, 328 ming kv.m.ni tashkil etadi. Bu bir vaqtning oʻzida 730 ming, haj va umra paytlarida esa 1 mln. namozxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Haj marosimining boshlanishi va tugʻallanishida albatta Al-m. al-H.ga kelib Kaʼba tavof qilinadi (234-b.dagi rasmga q.). <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.</ref>