Kavkaz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Akhemen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Kavkaz''' — [[Qora dengiz]], [[Azov dengizi]] va [[Kaspiy dengiz]]lari orasidagi hudud (nomining kelib chiqishi hozircha aniqlanmagan, ehtimol u Qora dengizning janubiy sohilida qadimda yashagan "Kavkaz" xalqining nomidan boʻlsa kerak, deb taxmin qilinadi. Kavkaz atamasi dastlab mil.av. 479-yilda [[yunon]] dramaturgi [[Esxil]]ning "Zanjirband Prometey" tragediyasida qayd etilgan). Shimolda Kuma-Manich botigʻidan, janubda tabiiy geografik va geologik jihatdan shartli ravishda [[Kavkazorti]] [[respublika]]larining [[Turkiya]] va [[Eron]] bilan boʻlgan davlat chegaralarigacha choʻzilgan. Maydoni 500 ming km2. [[Shimoliy Kavkaz]] va [[Kavkazorti]] boʻlinadi. Ular oʻrtasidagi chegara [[Katta Kavkaz]]ning Bosh (yoki Suvayirgʻich) tizmasidan oʻtadi.
 
== Relyefi ==
Relyefi asosan, togʻlardan iborat. Taman yarimorolidan Apsheron yarimoroligacha [[Katta Kavkaz]] [[togʻ]]lari choʻzilgan. Bu togʻlarning shimoliy etaklaridan Kuma-Manich botigʻigacha boʻlgan hudud [[Kavkazoldi]] deb ataladi. Katta Kavkazdan janub
da [[Kolxida]] va Kura-Arake pasttekisliklari bor. Kavkazning janubi-sharqida burmali [[Tolish togʻlari]] (balandligi 2477 m gacha) va [[Lenkoran]] pasttekisligi joylashgan. Kavkaz janubining oʻrta va gʻarbiy qismlarini Kavkazorti togʻligi egallagan.
Qator 6 ⟶ 7:
Kavkaz [[Oʻrta dengiz]] geosinklinal mintaqasiga kiradi. Orografiyasida [[Kavkazoldi]] yosh platformasi (plitasi), Katta Kavkaz megantiklinoriysi, Rioni-Kura togʻ oraligʻi bukilmalari zonasi va [[Kichik Kavkaz]] megantiklinoriysi ajralib turadi. Kavkazoldi plitasi shimoli-gʻarbiy qismining zamini tokembriy [[Ukraina]] kristalli massivining yer tagidagi janubi-sharqiy davomidir. Kavkazoldining qolgan qismi oʻrta paleozoy burmali zaminiga mansub. Kavkazoldi choʻkindi jinslar qoplami miotsengacha toʻplana borgan. Miotsen oxirida [[Stavropol]] qirlari koʻtarilib, Azov-Kuban botigʻini Terek-Kuma botigʻidan ajratib qoʻygan. Pliotsen oxirida [[Terek]] va Sunja tizmalarining antiklinal zonalari paydo boʻlgan. Katta Kavkaz markaziy qismining shimoliy yon bagʻri Kavkazoldi plitasining chekkasi boʻlib, bu yerda yangi tektonik harakatlar boʻlib turadi. Janubroqda Yon tizmaning intensiv gersin burmalanish zonasi Pshekish-Tirniauz yoriklari zonasidan ajralgan. Yanada janubroqda, bosh tizma zonasida gersin metamorfik majmuasi koʻtarilgan. Rioni-Kura togʻ oraligʻi bukilmalari zonasi va Kichik Kavkaz megantiklinoriysining zaminini yuqori tokembriy — quyi kembriy metamorfik majmuasi tashkil qilgan.
 
== Foydali qazilmalari ==
Kavkaz har xil foydali kazilmalarga boy. Bosh tizma va Katta Kavkazning janubiy yon bagʻrida, Kichik Kavkazda rangli metall konlari, Shimolda Osetiya-Alaniya, [[Gurjiston]]da qoʻrgʻoshin va rux, Kabarda-Balkariya va Zangezur ([[Armaniston]])da mis va molibden, [[Ozarbayjonda]] temir rudasi, alunit, Tkibuli, Tkvarchelida toshkoʻmir, Chiaturada marganets konlari bor. Ozarbayjon, [[Checheniston]]-Ichkeriya, [[Ingushiya]], [[Dogʻiston]] respublikalari, [[Krasnodar]] va [[Stavropol]] oʻlkalarida neft qazib olinadi. Kavkaz turli xil mineral suv, binokorlik materiallari va boshqa minerallarga boy.
 
== Iqlimi ==
Kavkaz moʻtadil va subtropik iqlim mintaqasi chegarasida joylashgan. [[Yanvar]]ning oʻrtacha darajasi Kavkazoldida —2, —5°, Gʻarbiy Kavkazorti (Kolxida pasttekisligi)da 4,5—6°, Sharqiy Kavkazorti (Kura-Araks va Lenkoran pasttekisligi)da 1—3,3°. [[Iyul]]ning oʻrtacha darajasi gʻarbida 23—24°, sharqida 25—29°. Yillik yogʻin sharqida 200—400 mm, gʻarbida 1200—1800 mm. Gʻarbiy va Markaziy Kavkaz yon bagʻirlariga 2500 mm dan 4000 mm gacha yogʻin yogʻadi.