Gretsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 98:
== Kinosi ==
[[File:Smog Athens.jpg|250px|rihgt|thumb|]]
Yunonistonda [[1906-yil]] birinchi hujjatli film suratga olindi. 1911 — 1912 yillarda bir necha kinokomediyalar yaratildi. [[1914-yil]] asos solingan „Afina-film“ firmasi toʻla metrajli kinofilmlar muntazam ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. 1914—1918 yillarda koʻproq harbiy kinoxronikalar ishlandi. 1927—1931 yillarda tarixiy va zamonaviy badiiy asarlarni ekranlashtiruvchi yirik kinofirma — „Dagfilm“ faoliyat koʻrsatdi. „Sevgi va toʻlqinlar“ (1927, rej. D. Gaziadis), „Dafnis va Xloya“ (1931, rej. O. Laskos) va boshqalar shu firma mahsulotidir. [[1932-yil]] birinchi ovozli film ekranlashtirildi („Notoʻgʻri yoʻl“, rej. D. Gaziadis). Metaksas diktaturasi va fashistlar bosib olgan davrda „Qalb sadosi“ (1943, rej. L. Ioanopulos), „Qarsaqlar“ (1944, rej. G. Dzavelas) kabi milliy filmlar namoyish qilindi. GretsiyaYunoniston ozodlikka erishgandan soʻng, dastlabki paytlarda yiliga 8—10 film yaratilgan boʻlsa, 50—60-yillarga kelib 46 taga yetdi. „Qonli Rojdestvo“ (rej. G. Zervos), „Sehrli shahar“ (rej. N. Kunduros), „Elektra“ (rej. M. Kakoyanis), „Paroxodga“ (rej. D. Damianos) kabi filmlar oʻzining mazmundorligi va ommaviyligi bilan ajralib turadi. A. Stavros, D. Konstandis, I. Dimopulos, I. Papas, P. Zervos, G. Kalogeratos, G. Arvinitis, A. Fonsu, O. Karlatos, T. Vengos, I. Liniku, N. Kurkulos, M. Merkuri, A. Vuyuklaki, D. Papamixail va boshqa Yunonistoning yirik kinematografchilaridir. N. Kunduros va T. Kanellopuloslar esa hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar i.ch.da shuhrat qozondilar. Yunonistonda yiliga 100—120 film ekranlashtiriladi .
 
== Oʻzbekiston — Yunoniston munosabatlari ==