Lyuksemburg: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Karachun (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Maʼnolari|Luksemburg (maʼnolari)}}
{{Luksemburg_info}}'''Lyuksemburg''' (Luxembourg, Luxemburg), Lyuksemburg Buyuk Gersogligi (Grand-Duche de Luxembourd, Grossherzogtum Luxemburg) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Mayd. 2586 km2. Aholisi 443 ming kishi (2001). Poytaxti — Lyuksemburg sh. Maʼmuriy jihatdan 3 okrugga, okruglar kantonlarga, kantonlar kommu-nalarga boʻlinadi.
 
 
== Davlat tuzumi ==
L. — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1868 y. 17 okt.da kuchga kirgan, unga 1919, 1948 va 1956 y.larda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Gersog (2000 y.dan Anri). Qonun chiqa-ruvchi hokimiyat — Deputatlar palatasi (bir palatali parlament). Ijroiya hoki-miyatni Buyuk Gersog tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi. L .da Davlat ken-gashi bor, uning 21 aʼzosi Buyuk Gersog tomonidan umrbod tayinlanadi.
 
 
== Tabiati ==
Qator 11 ⟶ 9:
 
Aholisining 71% lyuksemburglar 29% chet elliklar (italyanlar, nemislar, fransuzlar va b.). Rasmiy tillari — nemis, fransuz tillari va Lyuksemburg shevasi (fransik moze-lan), bu sheva 1982 y. avg .dagi qonunga binoan, milliy til maqomini olgan. Dindorlarning aksari katoliklar (95% dan ortiq), protestant, yahudiylar ham bor. Adolisining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Lyuksemburg , Esh.
 
 
== Tarixi ==
Mil. boshlarida L. hududi Rim imperiyasi, mil. 6—7-a.larda Franklar davlati tarkibiga kirgan. 963 y.dan graflik, 1354 y.dan gersoglik, Lyuksemburg qalʼasi uning markazi boʻlgan. Oʻrta asrlarda L. hududi Ispaniyaga, soʻng Avstriya va Fransiyaga tobe boʻlgan. 1814—15 y. Vena kongressi qarori bilan rasman mustaqil davlat — L. Buyuk gersogligi tuzilgan, uni 1890 y.gacha Niderlandiya qiroli boshqargan. L.ning hoz. chegaralari 1839 y. Belgiya-Niderlandiya shartnomasi asosida belgilangan (bu sana L. mustaqilligi yili sifatida bayram qilinadi). 1867 y. London konferensiyasida L. "abadiy betaraf" davlat deb eʼlon qilindi. 1890 y.da L. Niderlandiya boshkaruvidan qutulib, toʻla mustaqillikka erishdi. 1921 y.dan Belgiya bilan iqtisodiy, jumladan, bojxona ittifoqi-da. 1- va 2-jahon urushlari vaqtida Germaniya L. betarafligini buzib, uning hududini bosib oldi. 1945 y. fev.da L. hududi Amerika-Angliya qoʻshinlari tomonidan ozod qilindi. 1948 y.da L. konstitutsiyasidan L.ning betarafligi haqidagi modda chiqarib tashlandi. L. —1945 y.dan BMT aʼzosi. 1991 y. 31 dek.da OʻzR suverenitetini tan oldi va 1992 y. 10 iyunda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 23 iyun — Buyuk Gersog tugilgan kun (1921).
 
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Koʻkatparvarlar alternativ partiyasi, 1983 y. tuzilgan; Xristian-sotsial partiya, 19-a.ning 70-y.larida tashkil topgan; L. sotsialistik ishchi partiyasi, 1902 y.da asos solingan; L. demokratik partiyasi, 1946—47 y.larda vujudga kelgan; Koʻkatparvarlarning ekologik tashabbus roʻyxati partiyasi, 1989 y.da tuzilgan: L. Kommunistik partiyasi, 1921 y.da asos solingan; Demokratiya va pensiya tengligi uchun harakat qoʻmitasi, 1989 y.da tuzilgan. L. umummehnat konfederatsiyasi 1919 y.da tashkil topgan; L. xristian kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1921 y.da tuzilgan; L. kasaba uyushmalari mustaqil birlashmasi, 1978 y. tashkil etilgan.
 
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 25 ⟶ 20:
 
Kichik-kichik dehqon xoʻjaliklari koʻp. Mexanizatsiya va rentabellik darajasi juda yuqori. Gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, javdar), kartoshka, sabzavot yetishtiriladi. Daryo vodiylarida bogʻdorchilik, tokchilik rivojlangan. Q.x.ga yaroqli yerlarning 50% ga yaqini oʻtloqdan iborat. Chorvachilikda jami q.x. mahsulotining 80% hosil qilinadi. Qoramol va choʻchqa boqiladi. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi. Chet el sayyohligi rivojlangan. L. hududidan xalqaro t.y. va avtomobil yoʻllari oʻtadi. T.y. uzunligi — 275 km va avtomobil yoʻllar uz. — 5 ming km. Aviatsiya transporta rivojlangan. Ishlab chiqariladigan mahsulotning 90% ga yaqini chetga chiqariladi. Chetdan mashina va uskuna, mineral xom ashyo, gazlama, neft hamda oziq-ovqat mahsulotlari va b. keltiriladi. Savdosotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa Ittifoqi mamla-katlari. L. — Gʻarbiy Yevropaning mo-liyaviy markazlaridan biri. Bu yerda koʻpgina bank va kompaniyalarning idoralari joylashgan. Pul birligi — Lyuksemburg franki; Belgiya franki ham teng muomalada.
 
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Qator 31 ⟶ 25:
 
Matbuoti, radioeshittirishi va tslekoʻrsatuvi. L.da bir qancha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Asosiylari: "Lyuksemburger vort", "Vua dyu Lyuksemburg". ("Lyuksemburg ovozi", nemis va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1848 y.dan), "Tageblatsaytung fir Letseburg" ("Lyuksemburg kundalik varaqagazetasi", nemis va fransuz tillarida chikadigan kundalik gaz., 1912 y.dan), "Letseburger jurnal" ("Lyuksemburg gazetasi", nemis va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1880 y.dan), "Repyubliken lorren" ("Lotaringiya respublikachisi", fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1961 y.dan), "Saytung fum letseburger follek" ("Lyuksemburg xalqi gazetasi", nemis tilidagi kundalik gaz., 1946 y.dan), "Sotsiale fortshret" ("Ijtimoiy taraqqiyot", nemis tilida 2 haftada bir marta chiqadigan jur., 1920 y.dan), "Eko de l’ endyustri" ("Sanoat aks sadosi", fransuz tilidagi oylik jur., 1920 y.dan), "OGB-L—aktyuel/aktyualite" (L. kasaba uyushmalari mustaqil birlashmasining nemis, fransuz tillarida va Lyuksemburg shevasida chiqadigan haftanomasi, 1919 y.dan). Radio — Tele Lyuksemburg xususiy kompaniyasi, 1931 y.da tuzilgan; u "Kompani lyuksemburjuaz de telediffyuzon"ning bosh kompaniyasidir.
 
 
== Meʼmorligi ==
Qator 37 ⟶ 30:
 
da klassitsizm, 20-a. boshlarida eklektika yoyiddi. Zamonaviy meʼmorlik namunalaridan Radio uyi, Milliy teatr, Esh va Dyudelanj yaqinidagi turar joylarni, Mershdagi kimyo z-di binosini koʻrsatish mumkin.
 
 
== Tasviriy sanʼati ==
8— 10-a.larda miniatyura vujudga keldi. Jumladan, Externax miniatyura maktabi shuhrat qozondi. 14—16-a.larda cherkovlar guzal rasmlar bilan bezatildi, haykaltaroshlik rivojlandi. 18-a.ning 2-yarmida bezakli amaliy sanʼat (fayans, mebel, metall buyumlar yasash) ravnaq topdi. 19-a. sanʼatida (J. B. Freze, M. Kirsh kabi rassomlar asarlarida) fransuz maktabining taʼsiri seziladi. 1-jahon urushidan keyin fransuz fovizmi va nemis ekspressionizmi urf boʻldi. Mashhur moʻyqalam sohibi Y. Kutter ijodi bunga misol boʻla oladi. Uning asarlarida xoʻrlangan nochor kishilar taqdiriga achinish tuygʻusi aks etgan. Rassomlar V. Kesseler, J. Probst, M. Xofman va b. A. Matiss, P. Pikasso yoʻlidan bordilar, haykalta-rosh L. Verkolye abstrakt kompozitsi-yalar yaratdi.
 
 
== Oʻzbekiston — Luksemburg munosabatlari ==
Qator 65 ⟶ 56:
 
Luksemburg mo'tadil iqlim mintaqasida joylashgan, yillik yog'inlar janubda 800mm dan shimolda 1200mm gachani tashkil qiladi; qishi yumshoq, yozda esa havo salqin bo'lib, nisbatan ko'p yog'ingachiliklar ro'y beradi.
 
 
== Tarix ==
Qator 80 ⟶ 70:
 
Luksemburg uchta tumanga bo'linadi: [[:en:Diekirch|Diekirch]] (Dikirsh), [[:en:Grevenmacher|Grevenmacher]] (Grevenmaxer) va [[:en:Luxembourg|Luxembourg]]. Tumanlar o'z navbatida [[kanton]]larga (jami 12 ta), kantonlar [[kommun]]larga (116 ta) bo'linadi.
 
 
Kommunlarning 12 tasi shahar maqomiga ega (ma'lumotlar 2005 yilga tegishli) :