Kanada: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Varlaam (munozara | hissa)
Montreal
Qator 17:
 
== Aholisi ==
Aholisining 1/3 qismi [[ingliz]]-kanadaliklar (44%) va [[fransuz]]-kanadaliklar (28%). Tub aholisi — [[indeyslar]] 533 ming va [[eskimoslar]] salkam 33 ming kishi qolgan. Kanadada [[nemislar]], [[ukrainlar]], [[italyanlar]], [[gollandlar]], [[vengerlar]], [[ruslar]] va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tillar — [[ingliz tili|ingliz]] va [[fransuz tili|fransuz]] tillari. Fransuz-kanadaliklar [[katolik dini]]da, ingliz-kanadaliklarning asosiy qismi — [[protestant]]. Aholining 78,6% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: [[MonrealMontreal]], [[Kalgari]], [[Toronto]], [[Vankuver]], [[Vinnipeg]], [[Gamilton]] va boshqalar.
 
== Tarixi ==
Qator 43:
Aholi jon boshiga mineral xom ashyo va yarim fabrikatlar i.ch. jihatdan Kanada taraqqiy etgan koʻpgina mamlakatlardan ustunlik qiladi. Nikel, rux, kumush, molibden rudalari, asbest, oltin, platina, niobiy, tabiiy gaz, oltingurt qazib chiqarishda, gazetabop qogʻoz, alyuminiy, sellyuloza, tilingan binokorlik yogʻochlari i.ch.da dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kanadada koʻmir, neft, temir rudasi, volfram, uran (metall tarkibidagi ruda), kaliyli tuzlar, oltingugurt qam qazib chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 490,8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Toronto, Vankuver va Ontario atrofida bir kancha yirik issiqlik elektr stansiya va AES bor. Asosiy GESlari Kvebek, Ontario va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida. Ishlab chiqaruvchi sanoat da oziq-ovqat va tamaki sanoati’, qora va rangli metallurgiya hamda metall ishlash, transport mashinasozligi va b. tarmoqlar yetakchi oʻrinda .
 
Mashinasozlik ishlab chiqaruvchi sanoat mahsuloti qiymatining 1/2 qismini beradi. Uning asosiy tarmogʻi — transport mashinasozligi (avtomobil, kema, aviatsiya, vagon va lokomotivso zli k). Boshqa sanoat tarmoqlaridan q.x. mashinasozligi, neft va gaz sanoati, kon, oʻrmon va sellyuloza-qogʻoz sanoati uchun uskunalar i.ch. kor-xonalari yaxshi rivojlangan. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Toronto, MonrealMontreal, Uinsor, Gamilton va b. Kora metallurgiya Gamilton, Su-Sent-Mari, Uellend va Sidni sh.larida, alyuminiy, rangli metallar i.ch. Arvid, Kitimat, Norand, Sadberi, Tompson, Traylda toʻplangan. Neftni kayta ishlash z-dlari MonrealMontreal va Sarniyada joylashgan. Kimyoviy oʻgʻitlar, sintetik kauchuk va plastmassa i.ch. rivojlangan. Asosiy markazlari: Sarniya, MonrealMontreal, Toronto, NiagaraFole va Kitchener. Un tortish, goʻsht, baliq-konserva va likyor-araq i.ch. oziqovqat sanoatining asosiy tarmoqlari boʻlib, ular muhim eksport ahamiyatiga ega. Yengil sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik, koʻn-poyabzal va tikuvchilik nisbatan yaxshi rivojlangan. Mahsulotning yarmi MonrealdaMontrealda ishlab chiqariladi. Tilingan taxta, gazetabop qogʻoz, karton i.ch. markazlari: Britaniya Kolumbiyasi va Kvebek viloyatlari. Kishloq xoʻjaligi sermahsul, fermalari mexanizatsiyalashgan va ixtisoslashgan. K-xga yaroqli yerlarning U4 qismiga yaqini yirik xoʻjaliklarga birlashgan. 70 mln. gektar yer fermalar b-n band. Dehqonchilik ustun. Gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, makkajoʻxori), texnika ekinlari (qand lavlagi, soya, zigʻir, tamaki), oʻt va yem-xashak, sab-zavot, kartoshka, raps yetishtiriladi. Fermalarning 9/yu kismi elektrlashtirilgan. Don xoʻjaligi rivojlangan asosiy joylar: dasht viloyatlari, ay-niqsa, Saskachevan va Manitoba. Yetishtirilgan bugʻdoyning ‘/2 qismidan ziyodrogʻi, arpa hosilining ‘/3 qismi chetgachiqariladi. Sut chorvachiligi Ontario, Kvebek va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy va ot boqiladi. Q.x. mahsulotining 60% ga yaqinini chorvachilik yetishtirib beradi.
 
Oʻrmon xoʻjaligi Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek va Ontarioda yaxshi rivojlangan. Jahonda tayyorlanadigan yogʻochning ‘/yu Kanadaga toʻgʻri keladi. Baliq-chilik, hayvonotchilik, parrandachilik, moʻynachilik rivojlangan.
 
== Transporti ==
94,3 ming km temir yoʻl va 850 ming km avtomobil yoʻli bor. Daryo va dengiz transporti, shuningdek, Buyuk koʻllar, Lavrentiy daryosidagi suv yoʻllari muhim ahamiyatga ega. Asosiy portlari: Vankuver, Set-Il, MonrealMontreal, Tander-Bey. Avtotransportining ahamiyati (ayniqsa, shim.da) juda katta. Asosiy aeroportlari MonrealMontreal, Toronto, Vankuver, Vinnipeg va Ottavada.
 
== Tashqi savdo ==
Qator 56:
 
== Tibbiy xizmati ==
Kanadada vrachlar 15 ta tibbiyot maktabida tayyorlanadi, bu maktablarning aksariyati un-tlar huzurida. Xot-Springs balneologiya kurorti, Nyufaundlend, Keyp-Breton o.laridagi, Nyu-Bransuik viloyatidagi iqlimiy styalar, MonrealMontreal, Maskoka koʻli, Manitoba, Yangi Shotlandiyadagi sil kasalliklari shifoxonalari maʼlum.
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Kanadada tarixan ingliz va fransuz maktabi tizimlari tarkib topgan. Inglizcha tizim AQSH maktab tizimiga oʻxshash: 12 yillik umumiy taʼlim maktabi 6 yillik boshlangʻich, 3 yillik kichik oʻrta, 3 yillik katta oʻrta maktablardan yoki 8 yillik boshlangʻich va 4 yillik oʻrta maktablardan iborat. Kvebek viloyatida fransuzcha taʼlim tizimi: 6 yillik boshlangich va 5 yillik oʻrta maktab ishlaydi. 5—7 yoshdan 14— 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul majburiy toʻliqsiz oʻrta taʼlim joriy etilgan. Davlatga karashli taʼlim bepul boʻlgan maktablar b-n bir qatorda xususiy (pulli), asosan, diniy va etnik guruxlar qaramogʻidagi maktablar ham bor. Ulardagi darslar oʻsha guruhlar tilida olib boriladi. Oliy oʻquv yurtlarida pul toʻlab oʻqiladi. Barcha viloyatlarda un-tlar bor. Yiriklari: Toronto, Vankuver, Kingston, MonrealMontreal, Kvebek un-tlari. Ilmiy muassasalari: Kanada qirollik jamiyati, Ijtimoiy fanlar soxdsidagi tadqiqot kengashi (hammasi Ottavada), oʻrmonchilik va q.x. sohasidagi bir qancha i.t. institutlari. Yirik kutubxonalari: Parlament, Xalq, Milliy, Milliy ilmiy (hammasi Ottavada), MonrealMontreal va Torontodagi xalq kutubxonalari, shuningdek, Toronto, MonrealMontreal, Vankuver un-tlari huzuridagi kutubxonalar. Ottavada Kanada Milliy muzeyi, Milliy galereya, Milliy sanʼat markazi, Ontario viloyatida Qirollik muzeyi, Torontoda Badiiy galereya, MonrealdaMontrealda Badiiy muzey, Kvebek sh.da Kvebek viloyati muzeyi va b. bor.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Qator 72:
 
== Meʼmorligi ==
Indeyslar yertoʻla, vigvamchaylalarda, tomi teri yoki yogʻoch b-n yopilgan uylarda yashagan. 17—19-asrlarda fransuzlar Sharqiy Kanadaga oʻz anʼanalari boʻyicha mustahkam devorli, tomi tik nishabli uylar, zalli cher-kovlar (old qismi 1—2 minorali), jamoat binolari qurishni rasm qildilar. Shu davrda J. Demer, T. Bayarje kabi meʼmorlar yetishib chikdi. Kanadaning inglizlar bosib olgan qismida (18—19-asrlar) imoratlarni sinch va toshdan klassitsizm uslubida (meʼmor J. Merrik) qurish rivojlandi. 19-asr oʻrtalaridan toʻgʻri koʻchali, kam qavatli uylardan iborat shaharlar (Ottava, MonrealMontreal, Toronto, Kvebek) qad koʻtara boshladi. Meʼmorlardan E. Lennoks, J. Layl loyihalari asosida qorishiq uslubda inshootlar qurildi. 19-asr oxiridan AQSH meʼmorligi taʼsiri kuchayib, baland jamoat binolari, mehmonxonalar qurish avj oldi (F. Darling , J. Pirson kabi meʼmorlar).
 
20-asr oʻrtalaridan eski shaharlar jadal surʼatda qayta qurilib, kengaya boshladi. Temir-beton va poʻlatdan zamonaviy sanoat va jamoat binolari (Torontodagi Annesis-Aylend kti va ratusha binolari, MonrealdagiMontrealdagi Vil-Mari maydoni, Jahon koʻrgazmasi, Olimpiada majmuasi va b.) qurildi. Shaharlar yagona loyiha asosida barpo etildi, korxonalar atrofida shinam turar joylar qad koʻtardi.
 
== Tasviriy sanʼati ==
Qator 82:
 
== Musiqasi ==
Musiqa qadimdan tub xalq va koʻchib kelgan aholi turmushining muqim qismi boʻlgan. Indeyslarga xos jangchi, ovchi qoʻshiklari, ishqiy ashulalar shoʻx va ifodali. 18-asr oxirlarigacha, asosan, cherkov musiqasi rasm edi. 18-asr oxirlaridan konsertlar berila boshladi. 19-asr boshlarida havaskorlar kuchi b-n opera spektakllari koʻrsatildi. 19-asr ning 2-yarmida professional musiqani rivojlantirish uchun sharoit vujudga keldi, musiqa havaskorlari jamiyati tuzildi. Kanadada yevropalik musiqachilar, AQShlik opera truppalari va simfonik orkestrlar konsert berdi. Dastlabki musiqa arboblaridan biri — Kanada Lavalle "O, Kanada" milliy madhiyasini yaratdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida professional kompozitorlar va musiqachilar paydo boʻldi. 40-y.larda musiqa jadal rivojlana boshladi. Toronto, MonrealMontreal, Vinnipegda doimiy opera truppalari, Ontarioda milliy balet, Ottavada Mumtoz balet, Vinnipegda Qirollik baleti, turli shaharlarda 30 ga yaqin doimiy ishlovchi orkestr bor. Kanada musiqa arboblaridan M. Blekbern, J. Vaynsvayg , P. Merkyur kabi kompozitorlar, J. Bodri, A. Brott, P. Dervo kabi dirijyorlar, L. Marshal, T. Stratas, E. Jonson, L. Simono kabi xonandalar, G. Guld, I. Gendel kabi sozandalar mashhur. Kanada kompozitorlar, mualliflar va noshirlar uyushmasi mavjud. Kanadada 8 ta oliy musika oʻquv yurti bor. Bir qator shaharlarda un-tlar qoshida musiqa maktablari, musiqa f-tlari ochilgan. 1965-yildan MonrealdaMontrealda har yili xalqaro musiqa festivali va musiqachi-ijrochilarning tanlovi oʻtkaziladi .
 
== Teatri ==
Indeyslarning marosimlarida xalq teatr sanʼati unsurlari bor. Ular diniy marosimlarni oʻtkazishda niqob va qoʻgʻirchoqlardan foydalanishar edi. Professional teatr 17-asrdan Kvebek va Akadiya viloyatlarida rivojlana boshlagan. P. Kornel, J. Rasin, J. Molyer pyesalari qoʻyilgan. 1606-yilda PortRoyyaldagi "Neptun" teatrida Leskarboning "Dengiz niqobi" nomli sheʼriy pyesasi sahnalashtirildi. Spektaklda indeyslar b-n fransuzlar qatnashishdi. 1774-yilda Galifaksda Kanada hayotidan birinchi pyesa — "Akadius yoki xilvatdagi muhabbat" sahnalashtirildi. 1825 y. MonrealdaMontrealda birinchi doimiy teatr ochildi. Teatr repertuariga Kanada dramaturglari — J. Kenel, Ch. Xevisij, Ch. Meyr asarlari kiritildi. MonrealMontreal, Toronto, Viktoriya, Gamilton, Vinnipeg sh.larida teatrlar tashkil etildi. 19-asrning 80-y.lari oxiridan 1-jahon urushigacha boʻlgan davrda koʻchma professional teatrlar avj oldi. Kvebek va Galifaks teatr truppalari tarkibida AQSH, Fransiya va Angliyadan kelgan aktyorlar b-n birga kanadalik aktyorlar ham bor edi. Shu davrda "roud" ("yoʻl") deb atalgan sayyor professional teatrlar keng tarkaldi. 20-asrning 20—30-yillarida un-tlar, maktablar, klublar va cherkovlar krshida koʻplab havaskor truppalar tashkil etildi. 40-y.lar oxirida yirik shaharlarda professional teatrlar paydo boʻldi. MonrealdagiMontrealdagi "Rido ver", Torontodagi "Tietr Toronto", Edmontondagi "Sitadel" teatrlari shular jumlasiga kiradi. Ularda Shekspir, Molyer, Turgenev, Chexov va b.ning pyesalari qoʻyiladi. Fransuz tilidagi teatrlarda milliy teatr madaniyatini vujudga keltirish jarayoni kechayotir. Kanadada M. Anglii, U. Xyuston, R. Massi kabi rej.lar, Kanada Kolikos, L. Grin, Sh. King , Kanada Rid kabi aktyorlar mashhur. Torontoda Milliy teatr sanʼati maktabi, Alberta, Saskachevan, Kuins un-tlarida drama boʻlimlari bor. "Kanada teatri" jur. (ingliz va fransuz tillarida) nashr etiladi.
 
== Kinosi ==
1898-yil Kanadaning "Messi-Harris" kinofirmasi buyurtmasi bilan reklama filmi suratga olindi. 1900-yilda Canadian Bioscope kinofirmasi Kanadaga koʻchib keluvchilarni qiziqtirish uchun turkumli filmlar yaratdi. G. Bredford tomonidan 1903-yil boshlab berilgan "Kanadadagi hayot" nomli turkum filmlar ham shu maqsadga xizmat qildi. 1906 y. MonrealdaMontrealda birinchi doimiy kinoteatr ochildi. 1914 y. MonrealdaMontrealda Kanadaning dastlabki badiiy filmi — "Evanjelina" (rej. I. P. Salli-ven, U. X. Kovano) suratga olindi. Faroyib shimol tabiati va eskimoslar hayotiga qiziqib qolgan amerikalik rej. R. Flaerti "Shimol farzandi — Nanuk" qujjatli filmi (1922)ni suratga oldi va Kanada hujjatli kinosining rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Kanadaning birinchi ovozli filmi — "Viking" (rej. V. Frissell, J. Melford, 1931). Milliy kino sanʼatining qaror topishiga rej. J. Grirson muhim hissa qoʻshdi. 1939 y. Kino masalalari boʻyicha milliy kengash tashkil etildi. U davlat yoʻli b-n hujjatli filmlar i.ch.ni boshqardi. 2-jahon urushi davrida "Jangdagi totuvlik" kinoseriyasi shuhrat qozondi. 1952 y. "Etyen Bryule, nobakor" degan birinchi rangli film yaratildi. "Oltin shahri" (rej. Kanada Lou), "Tinchlik davom etsin deb", "Dengiz b-n chuchuk suv oraligʻida" (rej. M. Bro) filmlari yaratildi. 1970—90 y.larda dunyo yuzini koʻrgan filmlar orasida "Moviy qish" (rej. A. Blanshar), "Muallimga nega oʻq otildi" (rej. S. Naritsanno), "Ovchi" (rej. 3. R. Delen), "Qari tulki" (rej. F. Borsos) kabi badiiy filmlarni koʻrsatish mumkin. Kanadada qiziqarli multfilmlar ham yaratiladi. Statford, MonrealMontreal, Vankuverda xalqaro kinofestivallar muntazam oʻtkaziladi. Kanadada 1400 kinoteatr, kinoarxiv va filmoteka bor. Kanada kino akademiyasi har yili eng yaxshi filmlarga sovrinlar beradi.
 
== Oʻzbekiston — Kanada munosabatlari ==