Efiopiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 55:
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
E. hududidan eng qadimiy (mil.av. 2-ming yillik) davrlarga oid qoyatosh suratlari, hoʻkiz, odamning boʻrttirib ishlangan tasvirlari topilgan. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida togʻli platolarda qadimiy sharq sanʼati tipidagi sanʼat gullabyashnadi; qoʻrgʻon, ibodatxona, shoxlar haykallari, hayvonlar tasviri yaratildi. 1-ming yillikning 1-yarmi va oʻrtalarida Aksum podsholigi ravnoq topgan davrda mahobatli saroylar, koʻp qavatli minora shaklidagi tosh stela va taxtlar, toʻgʻonlar, suv omborlari, turar joy binolari qurildi. Aksumda xristianlik yoyilgan (4-asr oʻrtalari)dan keyin monastir majmualari va bazilikali cherkovlar yaratildi (DebreDamo majmuasi, 6-asr). Keyinchalik (13—14-asrlarda) Lalibedda qoyatoshlarni oʻyib cherkovlar yaratildi, freska, rang-tasvir asarlari, naqshlar bilan bezatildi. 14-asrda shohning BetAmxara qarorgohidagi ibodatxona va monastirlar hashamatliligi bilan shuhrat qozondi. 14-asrdan kopt, suriyamesopotamiya, arman sanʼatlari taʼsirini oʻzida mujassam etgan efiop miniatyurasi rivojlandi. 17-asrda mamlakatning yangi poytaxti—Gonder shahri qurildi. Shaharda mahalliy va Gʻarbiy Yevropa meʼmorligi uslubida toshdan 2 qavatli qasrsaroylar qurildi. E.da anʼanaviy xalq turar joyi, asosan, aylana shaklida, tomi konussimon holda shoxshabbadan toʻqilib, loy bilan suvaladi yoki toshdan loy bilan ishlanib toʻgʻri burchakli, usti yassi qilib quriladi. Mamlakat jan.da gumbazsimon kulbalar koʻp. 19-asr 2-yarmi — 20-asr boshlarida shaharlar (AddisAbeba), yoʻl, koʻprik, kasalxona, maktab, GESlar barpo etildi. 1954—56 yillarda AddisAbeba shahrini qayta rekonstruksiya qilish rejasi tasdiqlandi. 1955 yil milliy teatr binosining yaratilishi E. madaniy hayotida katta voqea boʻldi. 1960—80 yillarda ham bir qancha inshootlar barpo etildi. Yiriklari: Afrika uyi (1961), Milliy bank (1973—76), kasalxona majmuasi, pochtamp, "VebiShebeli" mehmonxonasi (hammasi AddisAbeba shahrida) va boshqalar E.da professional sanʼat rivojlanmoqda. Rassomlardan Afevork Tekle, Gebe Kristos Desta, Abdul Rahmon Sharif, haykaltarosh Taddese Mamecha va boshqalar mashhur. E. aholisi qadimdan kulollik, poya va poxoldan turli roʻzgʻor anjomlari toʻqish, kandakorlik, kashtadoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, charmga gul solish va h.k. bilan shugʻullanib keladi.
 
 
== Musiqasi ==