Ernesto Bertarelli: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
"{{Shaxsiyat |ismi = Ernesto Bertarelli |asl ismi = Ernesto Bertarelli |tasvir = Alinghi-img 0179.jpg |eni = 220px |tavsif = |ta..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

19-Avgust 2014, 19:29 dagi koʻrinishi

Ernesto Bertarelli (1965-yil 22-sentyabr, Rim, Italiya) – kelib chiqishi italiyalik Shveytsariya tadbirkori, milliarder. “Forbes” jurnalining 2013-yildagi dunyo boylari roʻyxatida 94-oʻrinni egallagan[1]. “Bloomberg” bergan hisobotga koʻra, uning oilaviy boyligi 14 milliard dollardan oshadi[2].

Ernesto Bertarelli
Ernesto Bertarelli
Tavalludi 22-sentyabr 1965-yil (1965-09-22) (58 yosh)
Fuqaroligi Shveytsariya
Turmush oʻrtogʻi Kirsti Roper
Bolalari (3 nafar farzandi bor)

Biografiyasi

1993-yilda Garvard biznes maktabini tamomlagan[1]. 1998-yilda u oʻz bobosidan meros qolgan “Serono” farmasevtik kompaniyasi boshqaruvini qoʻlga olgach, ushbu kompaniya faoliyatini farmasevtikadan biotexnologiyaga yoʻnaltirdi. natijada, 1998-yilda korxona kirmi 809 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2006-yilga kelib u 2,8 milliard dollardan oshdi. Korxonaga bir qancha psixologik va jismoniy kasalliklarni bartaraf etuvchi vositalarni ishlab chiqarishi katta shuhrat keltirdi. Bertarelli ushbu korxonani Germaniyaning “Merck” shirkatiga 13 milliard dollarga sotishi natijasida 2007-yilda[3] “Merck-Serono” kompaniyasi tashkil topadi. 2002-2009-yillarda Bertarelli “UBS AG” kompaniyasi ijrochi direktori boʻlgan[4]. 2013-yilda u Buyuk Britaniyaning Plimut Universiteti faxriy doktori boʻldi.

Xayriya faoliyati

Bertarelli 1999-yilda ayollar va erkaklar bepushtligini davolash ishlariga, andrologiya, genetika va endokrinologiyani rivojlantirishga qaratilgan fond tashkil etgan. Undan tashqari, ushbu fond sport, ta’lim sohalariga ham homiylik qiladi[5].

Oilasi =

2000-yilda Bertarelli Buyuk Britaniyalik aktrisa Kristi Roperga uylangan va uchta farzandi bor[6][7].

Manbalar

Havolalar