Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 58:
Tashqi siyosat sohasida qirol hukumati dvoryan va savdogarlarning Qora dengiz orqali qulay savdo yoʻllariga boʻlgan intilishlarini hisobga olib, jan. chegaralarning xavfsizligi uchun kurashni davom ettirdi. Turkiya bilan boʻlgan urushlarda R. gʻalabaga erishgach, Qrim xonligi (1783) va umuman Qora dengizning shim. qirgʻogʻi R. imperiyasi tasarrufiga oʻtdi. Chegara Dnestr daryosi boʻylab belgilandi. 70—90-y.larda Ukrainaning oʻng qirgʻogʻi va Belorussiya batamom R.ga qoʻshib olindi.
 
19-a. boshlarida Aleksandr I imperator boʻlgan davr (1801—25)da bir qancha islohotlar oʻtkazildi, davlat apparatani zamonaviylashtirishga harakat qilindi. Urushlar natijasida va diplomatik faoliyat yoʻli bilan 1801 y. Sharqiy GruziyaGurjiston, 1809 y. Finlyandiya, 1812 y. Gʻarbiy GruziyaningGurjistonning bir qismi va Bessarabiya R. imperiyasi tarkibiga kiritildi. 1805 va 1806—07 y.larda R. Napoleon Fransiyasiga qarshi koalitsiya urushida qatnashdi. 1812 y. Napoleon armiyasi R.ga bostirib kirdi, oʻsha yil 26 avg . (7 sent.)dagi Borodino urushida fransuz qoʻshinlari katta talafot koʻrdi va chekindi. 1814—15 y.lardagi Vena kongressi qarorlariga binoan, Polsha qirolligi R.ga oʻtdi.
 
Maʼrifatchilik gʻoyalarining yoyilishi, 18-a. oxiridagi Fransuz inqilobining taʼsiri, rus armiyasining 1813—14 va 1815 y.lardagi chet el yurishlari davrida Yevropa mamlakatlaridagi davlat va jamiyat tuzilishi bilan tanishuv natijasida R. jamiyatida chuqur ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlar qilish zarurligi haqidagi fikrlar paydo boʻldi. 1816—23 y.larda R.dagi davlat va ijtimoiy-siyosiy tuzumni qayta qurish maqsadini koʻzlovchi yashirin jamiyatlar vujudga keldi. Shim. va Jan. jamiyat aʼzolarining qurolli isyonlari (1825 y.dekabristlar qoʻzgʻoloni) bostirildi. Kavkaz urushining choʻzilib ketishi va unda Shim. Kavkaz xalqlarining qattiq qarshilik koʻrsatishi, 1853— 56 y.lardagi Qrim urushida R.ning magʻlubiyatga uchrashi imperator Nikolay 1 hokimiyati siyosiy tuzumining inqirozini kuchaytirdi. Ana shu omillar tazyiqi ostida imperator Aleksandr II bir qancha islohotlar oʻtkazishga majbur boʻldi. Jumladan, 1861 y. dehqonlar isloqoti oʻtkazilib, 17-a. oʻrtalarida joriy etilgan krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1860—70 y.lardagi islohotlar mamlakat iqtisodiyotini yangilash va kapitalistik munosabatlarni rivojlantirishga yoʻl ochdi. Ayni vaqtda R. bosqinchilik urushlarini davom ettirib, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyo yerlarining talaygina qismini bosib oldi, mahalliy xalqlar boshiga behisob kulfatlar soldi, bu yerlarda mustamlakachilik tartiblarini oʻrnatdi.
Qator 66:
19-a. oxiri — 20-a. boshlarida inqilobiy siyosiy partiyalar: Rossiya sotsialdemokratik ishchi partiyasi (RSDRP) (bu partiya 1903 y.da bolsheviklar va mensheviklardan iborat ikki fraksiyaga boʻlindi) va Inqilobchi sotsialistlar (eserlar) partiyasi tuzildi. 1904-05 y.lardagi rusyapon urushidagi magʻlubiyat R.dagi vaziyatni keskinlashtirdi, bu esa 1905— 07 y.lardagi inqilobga olib keldi. Inqilob davomida R. konstitutsiyali monarxiyaga oʻta boshladi; Davlat dumasi taʼsis etildi, yangi siyosiy partiyalar (Konstitutsion-demokratik, 17 okt. ittifoqi, Rus xalqi ittifoki va b.) maydonga chikdi. 1914—18 y.lardagi ljahon urushida R. Antanta tarkibida qatnashdi. Bu urush 1917 y. Fev. inkilobiga olib kelgan yana bir ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy inqirozning asosiy sabablaridan boʻldi. Bu inqilob samoderjaviyeni agʻdarib tashladi. Muvaqqat hukumat tuzildi, 1917 y. 1 sent.da R. respublika deb eʼlon qilindi. 1917 y. 25 okt .da Okt. inqilobi sodir boʻldi. V. I. Lenin boshchiligidagi bolsheviklar hokimiyat tepasiga chikdi. Ishchi, soldat va dehqon deputatlari soveti hokimiyati eʼlon qilindi. 1918 y. yanv.da Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) tuzildi, shu yil iyulda sobiq imperator Nikolay II otib tashlandi. 1917 —22 y.lardagi Fuqarolar urushi va harbiy intervensiya tufayli mamlakatdagi bolsheviklar partiyasidan tashqari barcha siyosiy partiyalar taqiklandi, jamiyat va davlatni tashkil etishning harbiykommunistik prinsiplari ("harbiy kommunizm") joriy etildi, amalda Kommunistik partiya diktaturasi oʻrnatildi. 1921 y. "yangi iqtisodiy siyosat" eʼlon qilindi. 1922 y. 30 dek.
 
da Sibirdagi Lena daryosi. sobiq Rossiya imperiyasi hududida tashkil topgan RSFSR, Ukraina, Belorussiya va Zakavkazye respublikalari (Ozarbayjon, Armaniston va GruziyaGurjiston) birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR)ni tuzdilar. RSFSR xalqlari ham SSSRning butun tarixi davomida mamlakatni industriyalash, q.x.ni kollektivlashtirish ogʻirligini, 20—40-y.
 
lardagi ommaviy qatagʻonlar kulfatlarini boshdan kechirdilar, 2-jahon urushidagi gʻalabaga, 60—70-y.lardagi Texnika inqilobiga katta hissa qoʻshdilar. 70-y.
Qator 98:
 
== Tashqi savdosi ==
R. — dunyodaqudratli eksport va import imkoniyatlariga ega boʻlgan davlatlardan biri. U chetga mashina va uskunalar, transport vositalari, metall, qimmatbaho toshlar, neft, tabiiy gaz, kumir, kimyoviy moddalar, yogoch, kauchuk, xom teri, toʻqimachilik mahsulotlari va b. eksport qiladi. Chetdan elektronika, roʻzgʻor texnikasi, xalq isteʼmol mollari, q.x. mahsulotlari va xom ashyosi sotib oladi. MDH, Boltiq boʻyi mamlakatlari, Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya, GermaniyaOlmoniya, Polsha, Niderlandiya, Turkiya, Xitoy va b. davlatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi — rubl.