Fantastika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Fantastika''' (yun. phantastike — xayolan tasvirlash sanʼati) — badiiy sanʼat turi. F. realizm va naturalizm yoʻnalishidagi sanʼat, adabiyotlarning aksi. Ayrim oʻrinda F. realizm bilan ham koʻshilib ketadi. F.ning shakli mifologik tushunchalarni, ertaklarni tasvirlashda koʻrinadi. Inson tasavvurida hayron qoldirarli xayoliy obrazlar va hodisalar, toʻqima holatlar, ajoyibotlar olami badiiy asarda voqelikka, hayot haqiqatiga qaramaqarshi qoʻyib tasvirlanadi. F.ning adabiyot, sanʼatning boshqa tur va janrlaridan farqi shuki, uning tasvir sohasi amalda mavjud boʻlgan hayot emas, balki turmush haqidagi umumiy tasavvurdan kelib chiqadigan hayotdir. Shuning uchun hamma narsa va hodisalar jiddiy oʻzgargan, boʻrttirilgan, taajjublantiradigan darajada boʻladi. F.ning maqsad va vazifalari fakat inson orzusini emas, balki kelajakda kutiladigan xatardan ogoh qilish, estetik zavq berish hamdir. F. koʻpincha xalq ogʻzaki ijodida uchraydi. Lof, latifalar va dostonlarda F.ni oʻta boʻrttirilgan shaklda kuzatish mumkin ("Alpomish", "Goʻroʻgʻli", "Manas" va b.). Gomerning "Iliada" dostoni, M. Servantesning "Don Kixot" asari, F. Rablening "Gargantyua yoki Pantagryuel" hajviy asari, J. Sviftning "[[Gulliverning sayohatisayohatlari]]", A. Dantening "Ilohiy komediya"si, M. Tvenning "Tom Soyerning sarguzashtlari", Gyotening "Faust", M. Bulgakovning "Ityurak" va b. asarlari F. yoʻnalishining ajoyib namunalari sanaladi. K. Chukovskiyning ertaklari, A. Kazansevning "Yonuvchi orol", A. Grinning "Alvon yelkanlar" asarlari, X.K. Andersenning ertaklari ham kattalarga va bolalarga moye F. janrida yozilgan. Hoz. zamon chet el badiiy F.sining namoyandalari sifatida yaponiyalik Kabo Abe, amerikalik Ayzek Azimovni, polshalik Stanislav Lem va b.ni koʻrsatish mumkin. F. nafaqat adabiyotni, balki faylasuflarning yirik ijodiyotini ham tashkil qiladi. F.da obrazlar koʻp hollarda yaxlit mazmunda boʻlsa, yana ayrim oʻrinlarda ramziy maʼno kasb etadi. Hoz. zamon oʻzbek adabiyotida T. Malikning "Hikmat afandining oʻlimi", T. Hobilovning "Oyga safar", X. Toʻxtaboyevning "Sariq devni minib", "Sariq devning oʻlimi", X. Shayxovning "Rene jumbogʻi" asarlari F. janrida yaratilgan. F. badiiy adabiyotdan tashqari folklorda, falsafiy utopiyada, kino va teatrda, tasviriy sanʼatda ham mubolagʻali boʻrttirish bilan aks ettiriladi. F. syujet qurilmalari va ramziy maʼnolarda ifodalanar ekan, muallifning yoki bir davrning dunyoqarashi, turmush tarzi va undagi muammolar moʻʼjizali, gʻayritabiiy shaklda tasvirlanadi.
 
19—20-a.larda ilmiy F. taraqqiy etdi. Ilmiy F.ning asosiy vazifasi — kelajakni bashorat qilib, badiiy ifodalashdan iborat. Asosiy tasvir usuli — fikriy eksperiment (tajriba). 20-a.da ilmiy F.ning ravnaqi jamiyat taraqqiyotida fan va texnikaning tobora oʻsib berayotganligi bilan bogʻliq. Shartli ravishda ijtimoiy upotiya va "antiutopiya" janrlari, falsafiy, "maishiy", yumoristik, "texnik" janrlar farqlanadi. Ilmiy F. umumadabiy va oʻziga xos tasviriy vositalardan foydalanadi.