Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 57:
— Odam alayhissalomdin keyin ko‘p payg‘ambarlar o‘tdilar, endi barcha payg‘ambarlar ulug‘i, Xudoning do‘sti, oxirzamon Payg‘ambari chiqar vaqti yaqinlashdi, ul o‘zi arab naslidin chiqqay, Makka shahrida tug‘ilib, Madina shahriga hijrat qilgay, yosh bolalik vaqtida Shom tuprog‘iga kirgay, — der edi.
Bir kuni savmaa ustiga chiqib, Madina tarafiga qarab turib edikim, yiroqdin karvon qorasi ko‘rindi. Alar yaqinroq yetib kelguncha payqab turdi. Qarasa, tuya mingan yosh bola tepasida bir parcha oq bulut soya solib turibdur. Buhayro rohib Tavrot, Injil kitoblarida o‘qigan oxirzamon Payg‘ambarining sifatlarini aniqlab bilish uchun, uzun tikilib turdi. Karvonlar ham qo‘shlarini tushirdilar. So‘ng Payg‘ambarimiz bir daraxt tubiga kelib o‘tirdilar. Qarab tursa, daraxt shoxlari egilib kelib, ustilariga soya tashladi. Mana bu karomatni ko‘rib, obid ko‘ngli qaror topdi.
Darrov savmaasiga kirib, karvonlar uchun bor ziyofat asbobini tortib, borib ularni mehmonga chaqirdi. Karvon xalqi ichida hammadin kichikrog‘i Payg‘ambarimiz edilar. Arablar odatlaricha yosh bola deb qo‘sh-qo‘lon saqlashga qoldirib, boshqalari ziyofatga hozir bo‘lishdi. Rohib ko‘rdikim, Payg‘ambarimiz kelmabdurlar.Sizlardin kim qoldi? — deb so‘radi. Alar esa:
— Ulug‘larimizdin hech kim qolmadi, bir yosh bolamizdin boshqa barchamiz bormiz, — deyishdi.
Bu rohibning asl maqsadi esa, Payg‘ambarimiz diydorlarini to‘yib ko‘rish edi. Iso alayhissalom bashorat bergan, Tavrot, Injilda sifatlari aytilgan oxirzamon Payg‘ambari ekanliklarini aniqlab bilish edi. Karvon ahlini ziyofat qilishdan rohibning maqsadi ham shu edi. Yo‘q esa, karvonlar bundan ilgari qancha qayta bu joydin o‘tganlarida bu rohibdin hech qandoq iltifot ko‘rmagan edilar. Shuning uchun yana kishi yuborib, qo‘ymasdan chaqirtirib keltirdi. Kelgandin so‘ngra:
— Bu bolaning otasi sizlardin qaysi biringlar?— deb so‘radi. Anda Abu Tolib:
— Men otasi bo‘larman, — deb javob berganida rohib aytdi:
— Hoy, andoq bo‘lmasa kerak edi, bu bolaning ota-onasi o‘lgan bo‘lib, o‘zi yetim bo‘lishi kerak, — dedi. Abu Tolib aytdi:
— Bu so‘zingiz to‘g‘ridur. Siz degandek, bolaning ota-onasi yosh chog‘ida o‘lib ketgandur. Men bo‘lsam ular o‘rnida tarbiyat qilib turgan amakisidurman.
Bu so‘zlarni eshitgan rohibga bu bolaning oxirzamon Payg‘ambarligi aniq bo‘ldi. Tavrot va Injilda aytilgan sifatlari to‘g‘ri keldi, deb ko‘ngli qanoatlandi. Ziyofat o‘tgandin so‘ngra rohib Abu Tolibni bir chetga chaqirib:
— Ey Abu Tolib, sizga xushxabar, bu o‘g‘lingiz voyasiga yetsa, Alloh taoloning habibi, anbiyolar sarvari— oxirzamon Payg‘ambari bo‘lur. Tavrot va Injilda sifatlari yozilmishdur. Uzun yillardin beri savmaada yotib, shuni kutmoqda edim. Alhamdulilloh, bugun maqsadimga yetdim. Shom shahridagi yaxud olimlari ham o‘z kitoblarida bu voqeani ko‘rib, alar ham kutib turmoqdalar. Chunki Alloh taolo tarafidin Payg‘ambarlarga berilgan barcha kitoblarda bu Payg‘ambarning sifatlari bayon qilingandur. Shu jihatdan yahud, nasoro olimlari bu ishdin xabardordurlar.
Endi bundoq ulug‘ darajali payg‘ambarlar alardin bo‘lmay, arab naslidin chiqqanligi uchun, hasadlari qo‘zg‘olib, ko‘ngillarida qattiq adovat saqlamoqdadurlar. Endi maning sizga do‘stlik so‘zim shuki, Shom shahriga kirmasdin, bolani olib, siz bu joydin qayting. Mabodo unga dushmanlar qasd qilib, ziyon zahmatlar yetkuzmasun, — dedi.
Abu Tolib ham bu rohib so‘zini anglab, Shomi sharif ichiga kirmay, karvon tushgan joyda ishlarini bitirib qaytdi. Endi ul joydin karvon yurib, sihat-salomat Makkaga yetdilar.Shundoq qilib, oradin oy, yillar o‘tib, Payg‘ambarimizning yoshlari yigirmadan oshdi. Payg‘ambarimiz bolalik vaqtidan boshlaboq odoblik, ko‘rkam axloqlik, chin so‘zlik, yumshoq ko‘ngillik, saxovatqo‘llik, go‘zal qilig‘lik, ulug‘ himmatlik edilar. Katta-kichik, yaxshi-yomon, do‘st-dushman barchaga qilgan ishlari yoqimlik edi. O‘yin-kulgudin, botil ishlardin ko‘ngillari nafrat qilur edi. Ul zamondagi arab xalqining tutgan butparastlik dinlaridin va har xil buzuq axloqlaridin bek jirkanur edilar. Bularning tutgan dinlari botil dindur, albatta, xato yo‘l bo‘lg‘ay, deb ishonur edilar.
Birovdin ko‘rmasdin, hech kimsadin o‘rganmasdin Ibrohim Xalilullohning haq dinlarini tutgan edilar. Xudo tarafidin ko‘ngillariga shundoq ilhom bo‘lgan edi.
Avvalda arab xalqining tutgan dinlari Ibrohim alayhissalom kelturgan Islom dini bo‘lsa ham, bu o‘rtada uzun zamonlar o‘tishi bilan ul yo‘ldan adashib, bularda butparastlik ko‘p rivoj topgan edi. Ichlarida Quraysh qabilasidan Varaqa ibn Navfal degan bir olim kishi bo‘lib, butun arablar ichida Ibrohim alayhissalomdin qolgan haq dinni tutgan yolg‘izgina shu kishi edi. Bu kishi ersa, hazrati Xadicha onamizning amakilaridur. Injil kitoblaridin o‘qib ko‘rib, u kishi:
— Oxirzamon Payg‘ambari chiqar chog‘i yaqinlashdi. Shu kunlarda tug‘ilib, soyasi yer ustiga tushdi. Ul arab nasli, Quraysh urug‘idin bo‘lib, butun xalqni haq dinga da’vat qilur. Uning so‘ziga arablar inkor qilib, qarshi chiqqaylar. O‘z qabilasidin unga ko‘p jabru jafolar yetgay, oxirida uni o‘z shahri Makkadin qochishga majbur qilgaylar. Koshki men u zamonda tirik bo‘lsam edim. Afsuski, u zamonni ko‘rishga umr oz qoldi, — deb har qachon shundoq so‘zlar bilan hasrat qilur edilar. Varaqaning shundoq so‘zlarini eshitib yurgan onamiz Xadicha:
«Agar bu ulug‘ davlat arablar ichida birovga nasib bo‘lsa, albatta, Muhammaddan boshqaga bo‘lmasa kerak. Chunki unda har bir yaxshilikning belgilari bordur. O‘shandoq zotning xizmatiga loyiq bo‘lsam, nikohlariga kirsam, men uchun qandoq ulug‘ baxt-davlat bo‘lur edi», deb hamisha orzu qilar edi.
== Adabiyot ==
* Hadis (Al-Jomiʼ assahih), 1—4-j.lar (2-nashri), T., 1997; Imom atTermiziy, Shamoili Muhammadiyya, T., 1991; Sogʻuniy A., Tarixi Muhammadiy (1—2-kitob), T., 1997; Hazrati paygʻambar hayoti (2nashri), T., 1997; Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk islom (1kitob: Joqiliya asri). T., 2001.; Lutfiy Ahmad, Saodat asri qissalari [1-kitob. Intizor kutilgan tong], T., 2003.