Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 108:
Mana shu ikki kohin qirq yil ilgari Payg‘ambarimizning kelishlaridin, Islom dinining rivoj topishidin xabar bergan edilar.
No‘shiravon Odil shul zamonda Eron podshosi edi. Uning ko‘rgan qo‘rqinchlik tushiga e’tibor berib, Eron davlati yo‘q bo‘lishini bildirishgan edilar. Bu ikki kohinning so‘zlari qirq yildan so‘ngra shular degandek kelganligi hamma tarixiy kitoblarda yozilgan mash¬hur so‘zdir. Va ham Qur’oni karimning mazmunicha o‘tgan payg‘ambarlar har qaysilari o‘z ummatlariga Payg‘ambarimiz kelishlaridin bashorat berganlari ma’lumdir. Zamoni saodatga erishganlari bo‘lsa, alarni to‘xtovsiz iymon keltirishga vasiyat qilgan edilar. Tavrot, Injilda va boshqa payg‘ambarlar kitoblarida ham shundoq bashoratlar berilgan edi.
BAYTULLOHNING DASTLABKI BINOSI
 
Bu oralik vahiy kelishidan besh yil burun Quraysh arablari Baytullohni buzib, qayta yasamoqchi bo‘ldilar. Buning sababi esa, Makka shahrida bir qattiq yomg‘ir yog‘ib, Baytullohni sel bosib, tomlari yiqilishga boshladi. Mana shuning uchun Quraysh qabilasi Baytullohni boshqatdan yasashga qaror qildilar. Bunga sarf bo‘ladigan chiqimga eng halol mollardin berishga qattiq shart qildilar. O‘g‘irlikdan, poradan, qimordan, fohishalikdan va boshqa har turlik buzuqchiliklardan topgan mollarni qo‘shmasga va’da qildilar.
Baytulloh yer yuzida paydo bo‘lgandan boshlab, o‘n marta buzib, yasalganligi haqida rivoyat bordur. Eng avval, birinchi navbatda farishtalar tarafidan bino qilingan edi. Inson nasli dunyoga kelmasdan ilgari, yer ustiga jinlardan Bani Jon toifasi ega edilar. Iblis-shayton shu toifa naslidan edi. Bu toifa yer ustida ko‘p fitna-fasod ishlarini qildilar.
Alloh taolo qahr qilib, ularni halok qilishni to‘rtinchi qavat osmon farishtalariga buyurdi. Bular tushib Bani Jon toifasini halok qildilar, so‘ngra o‘z makonlariga chiqishlariga ruxsat bo‘lmay, birmuncha vaqt yer ustida qoldilar. Hadisda aytilishicha, to‘rtinchi qat osmonda qizil yoqutdan yasalgan Baytul Ma’mur degan bir bino bo‘lgan. Yer ustida hojilar Baytullohni tavof qilganlaridek, farishtalar osmonda bu uyni ziyorat qilishur edilar. Shuning uchun yerda turishga buyurilgan farishtalar yer ustida ham shundoq bir ulug‘ muborak bino bo‘lishini talab qildilar, Alloh taolo duolarini ijobat qildi. Baytul Ma’murning to‘ppa-to‘g‘ri tagiga bir uy binosini yasab, shuni tavof qilishga buyurdi. Mana shu Baytullohning birinchi binosi edi. Ikkinchisi, Xudo bilur, bu voqeadin qancha zamon o‘tgandin so‘ngra otamiz hazrati Odam Safiyyulloh vujudga keldilar. Jannatdin tushgan joylari — Hindistondin qirq qayta piyoda yurib, haj qilganlari hadis kitoblarida rivoyat qilinur. Yig‘i zori bilan qilgan tavbalari ikki yuz yildan so‘ngra qabul bo‘lib, onamiz Momo Havvo ila Arafotda ko‘rishganlari, Muzdalifada topishganlari tarix kitoblarida mashhurdir. Ana shu tarixda farishtalardin keyin otamiz Odam Safiyyulloh Baytullohni ikkinchi yasaganlari haqida rivoyat bordur. Jannatdin tushishlari va vafot bo‘lishlari Hindiston tuprog‘idin Sarandip tog‘ida bo‘lganligi mashhur bo‘lsa ham, Mino tog‘i tagida Masjidi Hayfda madfundurlar (ko‘milgan), degan so‘zni kitoblarda ko‘rdim.Uchinchi binosi Odam alayhissalom o‘g‘illari tomonidin qilingan demishlardur.
To‘rtinchisi, Ibrohim Xalilulloh tarafidin qilinganligi Qur’oni karimda ochiq aytilmishdur.
Beshinchi va oltinchisi, Amoliqa, Jurhum arablari tarafidin yasalganligini tarix ahllari rivoyat qilurlar.
Ettinchisi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning beshinchi bobolari Qusay ibn Kilob tomonidin yasalmishdur.
Sakkizinchisini Quraysh qabilasi yasadilar. Shu kunlarda Payg‘ambarimizning muborak yoshlari o‘ttiz beshda bo‘lib, to‘liq yigitlik vaqtlari edi. Quraysh xalqi Baytullohning binosi uchun o‘z va’dalari bo‘yicha eng halol kasblardin bir muncha mol chiqardilar. Bu yo‘lda yig‘ilgan mol-dunyolari va ham kuchlari bilan ishga kirishdilar. Payg‘ambarimiz ham amakilari, urug‘-tuqqanlari ila tosh tashishib, har turlik xizmatda bo‘ldilar. Ibrohim alayhissalom yasagan vaqtlaridagi asosiy ul (poydevor) ustidin tosh qo‘yishib chiqdilar. Shundog‘ bo‘lib, Baytulloh tomlari ko‘krak bo‘yi ko‘tarildi.